Breaking News

NASA asteroidga odam yubormoqchi


AQSh fazo agentligi bir necha loyihani birlashtirib, “Asteroidga yurish” deya ataluvchi katta bir missiyaga qo’l urmoqchi.

Asteroidlar fazoning bu ko’hna qoyalari o’zida dunyoning yaratilishiga oid ko’plab sinoatlarni yashirgan. Ular ayni paytda sayyoramizga xatar ham soladi.
Asteroidga safar, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:43 0:00
Yuklab oling
NASA olg’a surayotgan asteroid missiyasi qilayotgan ishlarimizning mantiqiy davomi, deydi agentlikning amaliyotlar bo’limi rahbari Bil Gerstenmayr.

“Loyiha biz oldindan qilayotgan ko’p ishlarni qamrab oladi. Kuzatuv missiyasi, elektr tebranishlarini o’rganish, shuningdek, “Orion” kapsulasi va “SLS” raketasi ham shunga xizmat qiladi”, - deydi agentlik vakili.

Astronomlar allaqachon yerga yaqin asteroidlar harakatini kuzatmoqda. NASA o’z missiyasi uchun ulardan birini tanlab oladi.

Shuningdek, fazo injenerlari yangi texnologiyalar ustida ishlayapti. Quyosh nuridan foydalangan holda raketa yoqilg’isini tejash yangi kashfiyotlardan biri.

“Biz uzunligi 7-10 metr va og’irligi, taxminan, 500 tonna bo’lgan asteroidni oy yaqinidagi barqaror muhitga ko’chirib o’tkazmoqchimiz. Shundan so’ng 2021-yilgacha astronavtlarimiz fazoga chiqib uni o’rganish imkoniyatiga ega bo’ladi, degan umiddamiz”, - deydi Gerstenmayr.

Maqsad odamzod asteroidlar yo’nalishini o’zgartira oladimi, yo’qmi, shuni aniqlash. Bu ularning yerga solgan xavfini bartaraf etish imkonini beradi.

NASAga ko’ra, agar loyiha muvaffaqiyatsiz tugasa ham, bundan hech qanday zarar kutilmayapti. Chunki bunday kichik asteroid yerga qulagan taqdirda ham yetib kelguncha parchalanib ketadi.

“Jism orbitaga olib chiqilgach, biz keyin istalgancha u yerga borib, asteroidni o’rganishimiz mumkin bo’ladi”, - deydi tadqiqotchi.

Fazogirlar samoga uchishda kosmik uchish tizimi hamda “Orion” fazo kapsulasidan foydalanadi. Tadqiqotchilar muallaq bo’shliqda asteroidni besh kun o’rganishi rejalangan. So’ng ular jismdan namunalar olib yer yuziga qaytadi.

Gernstenmayrning aytishicha, bu ish kosmonavtlar uchun yerdan va xalqaro fazo stansiyasidan olisda ishlash bo’yicha o’ziga xos tajriba bo’ladi.

“Hammasini to’g’ri tashkil etishimiz kerak. Asteroid joylashgan muhitda besh kun qolib ishlash mumkinmi? Agar bu tajriba muvaffaqiyatli chiqsa, uning foydasi boshqa bundan kattaroq loyihalarda ham asqatadi”, - deydi fazo tadqiqotchisi.

Marsga safar kabi loyihalarni amalga oshirish esa 2030-yillarga mo’ljallangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG