Breaking News

Xalqaro fazo stansiyasiga robot-yordamchilar yuborildi


Boshqa sayyoralarga uchish haqida ko’p eshitsak-da, kosmosda hozir atigi uch odam bor. Ular Xalqaro fazo stansiyasida yashaydigan va ishlaydigan astronavtlar. Yaqinda stansiyaga robot-yordamchilar yuborildi.

AQSh Fazo agentligi “Astrobees” dasturi doirasida uch yangi robot yaratdi - Hani, Kvin va Bambl. Ulardan ikkitasi yaqin orada Xalqaro fazo stansiyasida ishga tushadi.

“Hani va Bambl deb nomlangan robotlarimizni orbitaga jo’natdik. Shu kunlarda stansiyadagi astronavtlar robotlardan birini yoqib, tekshirib ko’rdi. Hammasi joyida ekan, Bambl xizmatga tayyor”, - deydi loyiha rahbari Maria Bualat.

Yangi robot zaryadlash portida
Yangi robot zaryadlash portida

Yangi vositalar Xalqaro fazo stansiyasida “Spheres” nomli robotlar o’rnini egallaydi.

Yangi robotlar kamera va mikrofonlar bilan jihozlangan. Kelasi bir necha oy ichida, deydi Bualat, ular fazo stansiyasi tuzilishini o’rganib chiqadi.

Stansiya xaritasini o’rganib chiqqandan so’ng robotlar bu yerda o’z yo’lini topa oladi, turli laboratiyalar orasida harakatlana oladi.

“Stansiyadagi ko’pgina ishlarni ularga yuklamoqchimiz. Maqsad ekipaj a’zolarining vaqtini rejash, astronavtlar faqat inson bajara oladigan ishlar bilan mashg’ul bo’ladi. Robotikada bir gap bor - xavfli va zerikarli ishlarni robotlarga qo’yib bering”, - deydi loyiha rahbari.

Astronavt Anna Makkleyn yangi robotni tekshirmoqda
Astronavt Anna Makkleyn yangi robotni tekshirmoqda

"Astrobee” mashinalarini eksperiment asosida yanada takomillashtirish mumkin. Maktab o’quvchilari orasida musobaqa e’lon qilingan. Ular o’z taklif-g’oyalarini yo’llamoqda.

Yangi robotlar stansiyadagi ilmiy tajribalarni hujjatlashtirib borish, hatto yuk tashishda ham qo’l keladi. Ular iyun oyida ishga tushishi kutilmoqda.

“Spheres” nomli eski robotlar
“Spheres” nomli eski robotlar

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG