Breaking News

NATO kiber-xavfsizlikka jiddiy e'tibor qaratmoqda


NATOning Tallindagi Kiber-mudofaa markazi
NATOning Tallindagi Kiber-mudofaa markazi

Estoniya keng ko’lamli kiber-xurujga uchragan ilk davlatlardan biri. G’arb kuzatuvchilariga ko’ra, 2007-yilgi xuruj Rossiyaning ishi. NATOning kiber-xavfsizlik markazi ayni damda Estoniyada joylashgan.

Xalqaro hayot - 19-iyul, 2018-yil - NATO kiber-xavfsizlikka jiddiy e'tibor qaratmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:22 0:00

2020-yilgi Yozgi Olimpiada nishonga olinishidan xavotirga tushgan mezbon Yaponiya yaqinda markazga qo’shildi. NATO a’zolariga ko’ra, tobora kuchayib borayotganidan kiber-tahdidlarga alohida e’tibor qaratish lozim.

Kiber-xavfsizlik markazida turli xil kiber-xurujlar, masalan, elektr tarmog’i yoki suvni tozalash stansiyalariga hujumlardan himoya usullari mashq qilinmoqda.

“Bu yerdagi markazda ittifoqchi davlatlar do’stona raqobat qiladi. Unga ko’plab mamlakatlar a’zo bo’lgani uchun bunday markazga dunyoda teng keladigani yo’q. Har bir davlat kiber-xavfsizlik bobidagi eng yaxshi tajribalari bilan o’rtoqlashadi, bir-biridan o’rganishadi”, - deydi soha mutaxassisi Siim Alatalu.

Ssenariylar xayoliy bo’lgani bilan tahdidlar haqiqiy.

“Hamma narsa hozir texnologiyaga taqalgan. Demak, xakerlar hujumiga uchrashi mumkin”, - deydi Alatalu.

2015 va 2016-yillarda Ukraina elektr tarmog’i xakerlar xurujiga uchrashi oqibatida tizim bir necha soatga ishdan chiqdi. Rasmiy Kiyev Rossiyani ayblagan.

Tahlilchi Ben Nimmoning aytishicha, veb-sayt va ijtimoiy sahifalar orqali soxta xabar tarqatish ham jiddiy xavotir uyg’otmoqda.

“Rossiyaning AQShdagi shu kabi kampaniyasi 2014-yil aprelidan 2017-yil oktabrigacha, yopilgunga qadar davom etdi. Uch yarim yillik amaliyotga 100 kishi jalb qilindi, ijtimoiy saytlarda minglab sahifalar ochildi, yana 50 ming bot sahifalar ishladi. Rossiya juda katta ishni amalga oshirdi. RT va Sputnik kabi davlat tashviqot matbuoti ham bu ishga jalb qilingan”, - deydi Vashingtondagi “Atlantika Kengashi” tahlil markazidan Ben Nimmo.

NATO rahbarlari bu tahdidlarni jiddiy qabul qilyaptimi?

“Ikki yil oldingi vaziyatga qaraganda ancha yaxshi tushuncha shakllangan. Hatto NATOning so’nggi sammitida qabul qilingan bayonotda dezinformatsiya ilk bor tilga olindi va gibrid urushning bir qismi sifatida tan olindi”, - deydi ekspert.

NATOga a’zo davlatlardan biri kiber-xurujga uchrasa, alyans Nizomining 5-moddasi kollektiv mudofaani ishga solishga imkon beradi. Sanksiyalar, qarshi kiber-xurujlar, hatto, qurolli hujum javob chorasi bo’lishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG