Breaking News

NATO harbiy ittifoqi kengayishi kerakmi?


Rossiya rahbari Vladimir Putin Qrimdagi harbiy paradda so'zlamoqda. 2014-yilning 9-mayi. Sharqiy Yevropa davlatlari Rossiyani o’z xavfsizligiga tahdid deb ko’rishi tufayli NATO kengayishi yana ko’tarilmoqda.
Rossiya rahbari Vladimir Putin Qrimdagi harbiy paradda so'zlamoqda. 2014-yilning 9-mayi. Sharqiy Yevropa davlatlari Rossiyani o’z xavfsizligiga tahdid deb ko’rishi tufayli NATO kengayishi yana ko’tarilmoqda.

NATO, Shimoliy Atlantika harbiy ittifoqi kengayishi kerakmi? Sharqiy Yevropa davlatlari Rossiyani o’z xavfsizligiga tahdid deb ko’rishi tufayli bu mavzu yana ko’tarilmoqda. Kelasi oy Varshavada tashkilot sammiti bo’lib o’tadi.

Chernogoriya NATOga qo’shilish uchun o’tgan yil dekabrda rasman taklif olgan edi. Bolqondagi qo’shni mamlakatlar ham unga ergashmoqda.

Makedoniya mudofaa vazirining aytishicha, uning davlati ham o’z kelajagini NATO tarkibida ko’radi.

“Alyans bilan yaqinroq hamkorlik Bolqonga farovonlik, barqarorlik olib keladi”, - deydi Zoran Yolevskiy.

Varshavada o’tadigan anjuman kun tartibidagi yana bir masala Polsha va Ruminiyada NATOning doimiy bazalarini joylashtirishdir. Bu juda muhim qaror, deydi AQSh sobiq elchisi Kurt Voker.

“Bu Rossiya va boshqa davlatlarga NATO o’z a’zolarini himoya qilishga tayyorligini ko’rsatadi”, - deydi u.

Prezident Vladimir Putin G’arb harbiy ittifoqining bu harakatlarini agressiya va provokatsiya deb baholaydi.

Putining maqsadi, deydi Voker, NATOni chekinishga majbur qilish, Yevropani bo’lib qo’yish. NATO bunga aslo ko’nmasligi kerak, deydi sobiq elchi.

Rossiya javob choralari ko’rishini bildirgan. Yil oxiriga borib, Rossiyaning g’arbiy va janubiy sarhadlarida uch yangi harbiy diviziya barpo etiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG