Breaking News

NATOning kengayishi alyansga kerakmi?


Kelasi oy Bryusselda Shimoliy Atlantika harbiy blokining sammiti bo’lib o’tadi. Sovet Ittifoqi qulaganidan so’ng NATO kengayishda davom etmoqda. Makedoniya 30-a’zo bo’lishga hozirlanmoqda. Shu kungacha NATOga a’zo Gretsiya bunga yo’l qo’ymayotgan edi. E’tiroz shu ediki, Makedoniya nomini o’zgartirishi kerak, chunki Gretsiyada ham shunday nom bilan yuritiluvchi qadimiy shahar bor. Ba’zi tortishuvlar va munozaralardan so’ng Makedoniya qo’shni mamlakat talabini bajarishga rozi bo’ldi.

Xalqaro hayot - 26-iyun, 2018-yil - NATOning kengayishi alyansga kerakmi?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:04 0:00

Yana uch mamlakat NATOga a’zolikka navbatda turibdi. Alyansning kengayishi Rossiya bilan aloqalarga qanday ta’sir qiladi?

Umumiy maqsadlarga erishishda va umumiy muammolarni hal etishda kattaroq NATO ko’proq resurs, kattaroq salohiyat deganimi?

“NATOning kelajagi, Rossiya tahdidi, Katta Yettilik ichidagi kelishmovchiliklar, AQShning Yevropaga nisbatan mavhum siyosati ko’pchilikni xavotirga solayotgan bir paytda alyans muhim tashkilot ekanini namoyish etishga harakat qilyapti”, - deydi Vashingtondagi “Atlantika Kengashi” tahlil markazidan Deymon Uilson.

Ekspert Garret Martinning aytishicha, Rossiya Yevropada ta’sirini oshirishga intilar ekan NATO kengayish orqali kollektiv xavfsizlikni yaxshilash ustida ishlayapti.

“Yaqin o’tmishda Gruziya va Ukrainadagi voqealar NATOni ahamiyatsizdek ko’rsatgan bo’lishi mumkin, biroq NATO kengayish orqali o’zini rivojlanayotgan blok ekanini ramziy ma’noda namoyish etishi juda muhim”, - deydi Amerika universiteti mutaxassisi.

NATOga qo’shilmoqchi bo’lgan mamlakatlar a’zolik orqali siyosiy va iqtisodiy barqarorligini kuchaytirmoqchi, deydi alyans bosh kotibining sobiq o’rinbosari Aleksandr Vershbou.

“Ba’zi masalalarda a’zolar o’rtasida o’ziga yarasha muammolar va kelishmovchiliklar bor, albatta, biroq ularni guruh ichida hal qilish ancha osonroq”, - deydi hozir “Atlantika Kengashi”da ishlayotgan sobiq elchi.

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning aytishicha, alyans kengayishidan NATOning o’zi ham, unga qo’shilmoqchi bo’lgan Rossiya bilan chegaradosh Ukraina, Bosniya va Gruziya ham yutib chiqadi. Makedoniya esa to’laqonli a’zo bo’lishi uchun Gretsiya va Makedoniya parlamentlari makedon davlatining yangi nomini tasdiqlashi kerak bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG