Breaking News

NATO rahbari: Rossiya Ukraina chegarasida katta kuch to'plamoqda


NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg
NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg

NATO Bosh kotibi Yens Stoltenbergning bildirishicha, Rossiya Ukraina chegarasida harbiy kuch to'plamoqda. Unga ko'ra, mingga yaqin ilg'or qurollar, tanklar, artilleriya tortilgan.

Stoltenberg Kremlni Ukraina sharqidagi isyonchilarga madad berayotganlikda, ularni tayyorlayotganlikda ayblagan. Qo'shinlarning tortilishi tashvish uyg'otmoqda, isyonchilar yangi hujum boshlashi mumkin, deydi NATO rahbari.

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu alyans da'volarini inkor etib, o'z navbatida AQShni Ukrainaga harbiylarni yuborib, milliy gvardiyaga shahar ichida jang qilishni o'rgatayotganlikda aybladi.

AQSh Davlat departamenti matbuot kotibi Meri Xarf Ukrainada rossiyalik harbiylar borligini yana bir bor aytgan, biroq aniq dalil keltirmagan. Unga ko'ra, harbiy mashg'ulotlar Ukraina sharqida emas, Polsha chegarasi yonida kechmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG