Breaking News

Ukraina NATOga qo'shiladimi?


NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Bryusselda o'tgan a'zo mamlakatlar yig'inida, 2-aprel, 2014-yil.
NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Bryusselda o'tgan a'zo mamlakatlar yig'inida, 2-aprel, 2014-yil.
Rossiya Qrimni o’ziga qo’shib olganidan keyin NATOga a’zo davlatlar mushtarak mudofaa bo’yicha majburiyatlarini yana bir yodga oldi.
NATO va Ukraina munosabatlari, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:34 0:00
Yuklab oling
NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Rossiya kuchlarining Ukrainaga kirib, Qrimni egallab olishini keskin tanqid qildi.

“Rossiyaning Ukrainaga uyushtirgan bosqini Yevropa xavfsizligi uchun eng katta tahdiddir”, - dedi u.

Jorj Vashington universitetining NATO bo’yicha tadqiqotchisi Charlz Kupchan ham shunday fikrda.

“2008-yil Rossiya Gruziyani bosib olganda ham shunday xavotirlar yangragan. Ammo bu safar xavf har qachongidan ham katta, chunki Putin tartibni buzdi. Uning qilgan ishi aniq qoidalarga asoslangan xalqaro tizimga tahdid soladi”, - deydi u.

Kupchanning aytishicha, Berlin devori qulaganidan beri NATO ilk bor o’z a’zolarining hududiy daxlsizligini himoyalash uchun qudratini oshirish tashvishiga tushdi.

“NATOning Markaziy Yevropaga F-15, F-16 va razvedka samolyotlarini jo’natganini kuzatyapmiz. Shuningdek, yaqinda Rossiya va G’arb o’rtasidagi harbiy raqobatning qayta avj olishiga guvoh bo’lamiz. Ungacha hali yetib bormadi, lekin agar Putin yo’lidan qaytmasa, shu tomonga qarab yuramiz”, - deydi tadqiqotchi.

NATOning 28 a’zo davlati mushtarak mudofaa bo’yicha o’zaro majburiyatlarga ega. Bu degani, a’zo davlatlarning biriga qilingan hujum barchaga qarshi qaratilgan xuruj sifatida qabul qilinadi.

1991-yil Sovet Ittifoqi qulaganidan beri Sharqiy va Markaziy Yevropaning 12 mamlakati NATOga qo’shildi.

Kupchanning aytishicha, o’shanda AQSh prezidenti Jorj Bush Ukraina va Gruziyani ham NATOga jalb etish tashabbusi bilan chiqqan edi.

“2008-yilda Ukraina va Gruziyani NATOga qo’shish haqida muzokaralar boshlangan. Ushbu taklifni Vashington olg’a surgan. Ammo Yevropada bu fikrga uncha ro’yxushlik berilmadi. Endi Ukrainaning NATOga qo’shilish masalasi muzlatilmoqda. Balki doimiy shunday qolar, buni bilmaymiz”, - deydi u.

Ogayo Ueslian universiteti eksperti Shon Keyga ko’ra, 2008-yili Ukrainada o’tkazilgan ommaviy so’rovlarda ishtirokchilarning faqat 30 foizi NATOga qo’shilish tarafdori bo’lgan.

“Ukrainaliklar xohlamagan, Rossiya esa muammo bo’lishidan ogohlantirganiga qaramay G’arb bu masalani olg’a surishda davom etdi. Natijada Eron masalasida Rossiyadan yordam olish juda qiyin kechdi. Bu ishimizdan nima foyda oldik? Deyarli hech narsa. Bu borada 2008-yili NATO tashabbusi salbiy voqea sifatida tarixda qoladi”, - deydi Key.

2008-yilgi qarorga ko’ra, NATO Ukraina va Gruziyani o’z safiga qabul qilishga rozilik bergan, ammo aniq muddatni belgilamagan.

Putin esa Ukrainaning NATOga qo’shilishiga qarshilik bildirib kelgan.

“Putin NATO mavqeidan ruslarning milliy g’ururini kuchaytirish yo’lida foydalanmoqda. Ular o’zlarini hurmat qildirish uchun qat’iy choralar ko’rishga majbur bo’ladi, garchi bu Rossiyaning manfaatlariga zid bo’lsa ham”, - deydi Key.

Tahlilchilar Rossiyaning Qrimni o’ziga qo’shib olish qarorini “qat’iy qadam” deya baholamoqda. Putinda boshqa bunday qat’iy qadamlar qo’yish niyati bormi yoki yo’qmi? Bu masalada ekspertlar yakdil emas.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG