Urganch shahar sudi qaroriga ko'ra, mahalliy jurnalist Sergey Naumov 12 sutkalik qamoq jazosiga mahkum etilgan edi. Aybi, deyiladi hukmda, bezorilik.
3-oktabr kuni mahalliy vaqt bilan 18:00 Naumov ozodlikka chiqqan. Jurnalist, yaqinlari orqali, uning taqdiri yuzasidan bildirilgan hamdardlik va tilaklar uchun minnatdor ekanini aytgan.
Xalqaro tashkilotlar bedarak ketgan Naumov taqdiri yuzasidan bayonotlar bilan chiqib, O`zbekistonda jurnalistlarga nisbatan davom etayotgan repressiyaga e’tibor qaratdi. Sergey Naumov repressiv tuzumning yana bir qurboni, deydi ular.
Naumov 21-sentabr kuni o'z uyidan militsiya tomonidan olib ketilgan. Toshkentdan Xorazmga borgan advokat Sergey Mayorov boshida jurnalistni topa olmadi.
Keyinroq aniqlanishicha, bir ayol bo'ynidagi taqinchog'ini o'g'irlashga harakat qilganlikda va uning ko'kragini ushlaganlikda ayblab Naumov ustidan huquq tartibot organlariga shikoyat qilgan.
Naumov ishi yuzasidan surishtiruv o'tkazgan Xorazmdagi “Najot” inson huquqlari tashkiloti rahbari Hayitboy Yoqubov "Amerika Ovozi" bilan suhbatda shunday degan edi:
"Bu haqda aniq bir narsa deya olmayman, chunki qo'limizda tasdiqlovchi hech qanday hujjat yo'q, faqat advokat bilan uchrashuv o'tsagina aniq bir narsa aytish mumkin".
Xalqaro hamjamiyat xavotiri va chaqiriqlari
Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining Matbuot erkinligi bo'yicha idorasi O'zbekiston hukumatini jurnalist ishi bo'yicha oshkoralikka chaqirib, hukumatga xat bilan murojaat qilgan.
Parijda asoslangan “Chegara bilmas muxbirlar” tashkiloti nazarida esa Sergey Naumov O'zbekistonda jurnalistlarga nisbatan repressiyaning navbatdagi qurbonidir.
Londondan turib ish yuritadigan "Xalqaro Amnistiya" tashkiloti ham Naumov yuzasidan xavotir bildirarkan, qiynoqlar odatiy holga aylangan O'zbekiston qamoqxonasida o'tkazilgan bir kun ham jurnalist taqdiriga keskin ta’sir qilishi mumkinligidan ogoh etdi.
Nyu-Yorkda asoslangan "Human Rights Watch" (HRW) tashkilotining Markaziy Osiyodagi bosh mutaxassis Stiv Sverdlov deydiki, shaxsning bedarak ketishi uning qiynoqqa solinishi yoki ruhan azoblanish ehtimolini yanada kuchaytiradi.
"O'zbekiston hukumati Naumovning qayerda va nima uchun saqlanayotganini darhol oshkor etishi kerak. O'z fuqarosiga bunday munosabatda bo'lish xalqaro qonunlarga ziddir",- deydi huquq himoyachisi.
Naumov, deydi Sverdlov, chet eldagi faollar bilan hamkorlik qilib, O'zbekistondagi nozik masalalarni yoritgan. U aynan jurnalistik faoliyati tufayli siquvga olingani aniq, deydi HRW vakili.
Respublikada o'ndan ortiq huquqbonlar panjara ortida. Muxolifatga kirgan shaxslar va ularning oilalari ham doimiy tazyiq ostida. Masalan, deydi Sverdlov, shu yoz "Birdamlik' harakati rahbari Bahodir Choriyevning otasi Hasan Choriyevga qarshi ochilgan ish ham bunga yaqqol misol. Mahbuslar nima uchun qamoqqa olinib, nima uchun qamalgani ochiq oshkor etilmaydi va hukumat hech kimga bu borada ma'lumot bermaydi, deya tanqid qiladi HRW vakili.
50 yoshli jurnalist Sergey Naumov Fergananews.com, IWPR.net va Rossiyadagi ayrim jurnallar bilan ishlagan.
Jurnalistlarni himoya qiluvchi xalqaro qo'mita (CPJ), Nyu-Yorkda asoslangan tashkilotning tasdiqlashicha, Naumovni hibsga olib, uni huquq himoyachisiz zudlik bilan sudlash va jazoga mahkum etish inson huquqlarining qo'pol ravishda buzilishidir.
Viloyatda yashaydigan muxbirning hibsga olinishi mamlakatdagi paxta terimi kampaniyasi bilan bog'liqligi faraz qilinadi. Chunki, oxirgi paytlarda jurnalist aynan shu mavzuda izlanishlar olib borgan; Xorazm viloyati va qo'shni Qoraqalpog'istondagi vaziyat xususida maqolalar berishga uringan,