Breaking News

Rossiyada Aleksey Navalniy komaga tushdi


Aleksey Navalniy
Aleksey Navalniy

Rossiyada korrupsiyaga qarshi mustaqil tergovlari bilan tanilgan muxolif siyosatchi Aleksandr Navalniy Sibirga safari paytida komaga tushdi. Tomsk shahridan uchgan muxolifatchi samolyotda holsizlangan. Uning matbuot kotibi Kira Yarmish nazarida, Navalniy ichgan choy zaharlangan bo’lgan.

Xalqaro hayot – 20-avgust, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:26 0:00

Prezident Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi hozir Omskdagi kasalxonada xushsiz yotibdi. Uning sun’iy nafas oldiruvchi apparatga ulangani aytilmoqda.

“Ertalabdan beri shu choydan boshqa narsa ichmagan edi”, - dedi Yarmish.

Navalniyning shifokori Anastasiya Vasilyevaning aytishicha, mijozida hech narsaga allergiya bo’lmagan. Kasalxona shifokorlari uning ahvoli og’ir ekanini aytmoqda.

“Hozircha nimadan betob bo’lganini bilmaymiz. Zaharlanish ehtimoli ham ko’rilmoqda. Shifokorlar ahvolini barqarorlashtirishga urinmoqda”, - dedi Sog’liqni saqlash vazirligining Omskdagi vakili Tatyana Shakirova.

44 yashar huquqshunos va faol Navalniy Kremlga qarshi namoyishlar uyushtirgani uchun ko’p marotaba qisqa muddatga qamalgan, 2018-yilda prezident saylovlarida qatnashish istagini bildirgan, ammo nomzod sifatida ro’yxatdan o’ta olmagan.

Navalniy yuqori lavozimli amaldorlarni keng ko’lamli korrupsiyada ayblab, o’z tergovlari xulosalarini internetda ulashgan.

Kelasi oy mamlakatda mahalliy va federal saylovlar bo’lib o’tadi. Navalniy o’ziga yaqin nomzodlarni qo’llab-quvvatlash uchun safarga chiqqan edi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG