Breaking News

Navalniy qamoqxonada ochlik e'lon qildi


Rossiya qamog’ida o’tirgan muxolif faol Aleksey Navalniy ochlik e’lon qildi. Navalniy ushbu aksiya orqali qamoqxona ma’muriyatini uni tegishli tibbiy xizmat bilan ta’minlashga majburlamoqchi. Muxolifatchi bel va oyoq og’rig’idan shikoyat qilmoqda.

Xalqaro hayot – 1-aprel, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:11 0:00

Uning safdoshlari Navalniyning qamoqxona ma’muriga yozgan xatini ijtimoiy sahifalarda chop etdi. Unda aytilishicha, faolning shifokorga uchrash va zarur tibbiy yordam olish haqidagi kundalik iltimosi rad etilmoqda.

"Shifokor bilan ko’rishish imkoni bo’lmaguncha ochlik e’lon qilaman”, dedi u.

O’tgan hafta Navalniy qamoqxona qo’riqchilarini unga uyqu bermasdan qiynaganlikda aybladi. Muxolifatchi shartli qamoq muddati shartini buzgani uchun o’tgan oy 2,5 yilga qamaldi.

Navalniy sud hukmi ortida siyosiy sabab borligini aytadi. Ayni damda u Moskvadan 100 kilometr naridagi jazo koloniyasida saqlanmoqda.

Kreml matbuot kotibi Navalniy salomatligini izohlashdan bosh tortib, bu masala qamoqxona ixtiyorida ekanini aytdi.

Mamlakatdagi tibbiy mutaxassislar ochiq xat yozib, 44 yashar faolni zarur tibbiy yordam bilan ta’minlashga chaqirdi.

Navalniy safdoshlari mamlakat bo’ylab yirik norozilik namoyishlarini tashkillashtirishga umid qilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG