Breaking News

"Noz" stansiyasi - Afg'oniston janubi-sharqidagi yagona ayollar radiosi


Afg’oniston sharqidagi Xost viloyatida efirga chiquvchi mahalliy radioda ayollar dasturi berila boshladi. Xost konservativ hudud hisoblanadi. “Noz” radiosi Afg’oniston janubi-sharqida ayollar uchun dastur tayyorlovchi yagona stansiyadir. Xodimlarining aksariyatini ham ayollar tashkil etadi.

Afg’on ayollarining aksariyati uy bekalari bo’lib, hammasi yangiliklardan boxabar bo’lib turishni istaydi. Xost viloyatida ish boshlagan “Noz” radiosi tinglovchilarining katta qismini aynan ayollar tashkil etadi.

“Shunday mavzular borki, erkaklar ularni ko’tarib chiqa olmaydi, shuning uchun bu haqda ayol muxbirlarning to’g’ridan-to’g’ri tinglovchi ayollarga xabar berishi to’g’ridir”, - deydi jurnalist Sana Xaya.

Stansiya bosh muharririga ko’ra, kelajakda “Noz” radiosida faqat ayollar ishlaydi.

“Hozir radiomizda 24 odam ishlaydi. Shularning 70 foizini ayollar tashkil etadi. Erkaklar borligiga sabab shuki, ayollarimiz texnikani hali yaxshi tushunmaydi, erkaklarimiz o’rgatyapti, ammo bu ishlar ham kelajakda ayollarga o’tadi”, - deydi Anvar Sodiq.

Afg’oniston janubi-sharqida ayollar uchun dastur tayyorlaydigan boshqa radio yo’q. “Noz” stansiyasi egasi Nadiya Bavariy “maqsadimiz - ayollar ongini ko’tarish”, deydi.

“Ta’lim, salomatlik, shaxsiy huquqlar yoki uydagi zo’ravonlik – mana shu mavzularni yoritib, ayollarimizning bilimini oshirishga harakat qilyapmiz”, - deydi u.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG