Breaking News

Nepalda zilzilada o'lganlar soni 6600 dan oshdi


Katmandu, Nepal, 2-may, 2015
Katmandu, Nepal, 2-may, 2015

Deyarli 8 ballik zilziladan bir hafta o'tib, Nepalda bu ofatdan o'lganlar soni 6600 ga oshdi.

Minglab odamlar daraksiz ketgan, ular orasida 1000 ga yaqin yevropalik ham bor.

Bu yog'iga endi hech kim tirik topilmasa kerak, deydi qidiruvchilar.

Jabrdiydalar yordam olmoqda. Oziq-ovqat, suv, turar-joy va pul berilmoqda.

Poytaxt Katmanduda bozorlar, do'kon va biznesla qayta ochilib, tirikchiliik tiklanmoqda. Lekin hammayoqda jasadlar hidi taralib, manzara juda ayanchli, deya xabar beradi bu mamlakatni kezayotgan muxbirlarimiz. Ko'plab odamlar uy-joyiga qayta olmayapti chunki mahallalar yer bilan yakson.

BMTning Gumanitar masalalar bo'yicha rahbari Valeri Amos Nepalni aylanar ekan, xalqaro hamjamiyatdan ko'proq ko'mak berishni so'ramoqda.

Zilzila qaqshatgan oilalarga jami 1400 dollar yordam puli berilmoqda. Jami 8 million aholi shunday madadga muhtoj. 2 milliondan oshiq odam boshpanasiz.

Xalqaro Qizil Xoch Qo'mitasi bedarak ketganlarni topish harakatini kuchaytirib, ko'ngilli ishchilar yollamoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG