Breaking News

Isroilda Netanyaxu ustidan sud jarayoni jonlandi


Netanyahu sudda
Netanyahu sudda

Isroilda Bosh vazir Benyamin Netanyaxu ustidan sud jarayoni jonlandi. Quddusdagi rayon sudiga borgan Netanyaxu unga qo’yilgan ayblovlarning hech birini qabul qilmasligini aytib, 20 daqiqadan so’ng sud binosini tark etdi.

Xalqaro hayot – 8-fevral, 2021-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:56 0:00

Davlat rahbari uch masala bo’yicha – korrupsiya, qalloblik va mansabni suiiste’mol qilishda ayblanmoqda.

Netanyaxu sudga kelishi bilan mamlakatning turli chekkalaridan to’plangan odamlar bosh vazirga norozilik bildirib namoyish qildi, uni istefo berishga da’vat etdi. Bundan bir kun oldin uning turar-joyi yonida ham namoyish kuzatilgan.

Netanyaxu mamlakatda koronavirus yuqtirish holatlari yuqori ekaniga ishora qilib, tarafdorlarini namoyishlarda qatnashmaslikka chaqirdi.

Yana olti haftadan so’ng isroilliklar yangi saylovda qatnashib, noroziligini saylov uchastkalarida bildirish imkoniga ega bo’ladi. 23-martga belgilangan saylov so’nggi 2 yilda to’rtinchisi bo’lib, koronavirus bilan bog’liq vaziyat, korrupsiya ayblovlari saylov kampaniyasi paytida asosiy mavzu bo’lishi mumkin.

Netanyaxu Isroil tarixida lavozimidan ketmasdan turib sudga tortilayotgan ilk rahbardir.

Unga qo’yilgan ayblovlardan biri “Bezek” telekommunikatsiya kompaniyasi bilan bog’liq bo’lib, prokurorlar Netanyaxuni kompaniyaning “Valla” axborot portalida uning bosh vazirlik faoliyatini ijobiy yoritish evaziga kompaniyaga imtiyozlar berishda ayblamoqda. Bu ishga aloqador bir necha tadbirkor va noshir ham sudga tortilgan. Netanyaxu, shuningdek, millioner do’stlaridan qimmatbaho sovg’alar qabul qilganlikda ham ayblanmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG