Breaking News

Niderlandiyada musulmonlar uchun qabristonlar cheklangan


Koronavirus pandemiyasi sabab xalqaro parvozlar to’xtagan bir paytda xorijiy mamlakatda hayotdan ko’z yumgan musulmonlar jasadini o’z vataniga yuborish muammo bo’lyapti.

Marokashlik Mbarka Buda Niderlandiyada vafot etganidan so’ng u Zuydlaren shahrida yangi ochilgan musulmon qabristonida dafn etildi.

Chegaralar yopilgani va xalqaro parvozlar to’xtagani sabab nafaqat mayitlar, balki xorijiy mamlakatda qolib ketgan tirik odamlar ham vataniga qayta olmayapti.

Musulmonlar uchun yana bir muammo shuki, Niderlandiya va Fransiya kabi mamlakatlarda qabr uchun joylar ijaraga beriladi va ijara muddatini uzaytirish qimmat. Masalan, Fransiyada 15 yilga. Ijarani uzaytira olmasangiz, qabr bo’shatiladi. Musulmonlarga bu ham diniy, ham madaniy tomondan to’g’ri kelmaydi.

Fransiyada musulmonlar 5 million atrofida bo’lib, aksariyati Marokash va Jazoirdan kelgan. Olamdan o’tgan musulmonlar jasadlari odatda dafn uchun tarixiy vataniga yuboriladi, chunki fransuz qabristonlarida musulmonlar uchun cheklangan joy ajratilgan.

Gollandiyada faqat ikkita musulmon qabristonida ko’milgan odamlar abadiy qoladi. Zuydlarendagi qabriston 1-may kuni ochilgan bo’lib, 1700 qabrga mo’ljallangan. Mamlakatning boshqa joylarida vafot etgan musulmonlar jasadlarini ham shu yerga olib kelishmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG