Breaking News

Havaskor olimlar uchun yangi qudratli teleskop


eVscope
eVscope

Yaqinda kashf qilingan ekzoplanetalar va asteroidlar butun dunyo astronomlarning o’zaro hamkorligi mahsulidir. SETI instituti va “Unistellar” kompaniyasi boshlagan yangi loyiha minglab shaxsiy teleskoplardan ma’lumot to’playdi. Bu esa kashfiyotlar qilishni osonlashtiradi.

Astronom bo’lmagan odam uchun ushbu tasvir markazida yulduz miltillashi hech narsani anglatmasligi mumkin.

Ammo bu asteroid uchib o’tganini anglatadi. Odatda kichik, ko’rinmaydigan kosmik obyekt.

“Asteroidlar ba’zida Yerga juda yaqin uchib o’tadi. Uchib o’tishidan bir necha soat oldin yoki bir necha kun oldin aniqlaymiz. Agar parvoz paytida kuzatmasak, yo’qotib qo’yamiz”, - deydi SETI instituti olimi Frank Marshis.

Ryukzakda Ummon cho’liga olib borilgan yangi teleskop orqali ana shunday asteroid parvozi kuzatilgan.

Frank Marshis hamkasblari bilan loyihalagan bu kichik, ammo kuchli teleskop “eVscope” [iviskoup] deb ataladi. Maqsad – odamlarni ilm-fanga qiziqtirish.

“Astronomiyani ommalashtirish kerak. O’ylaymanki, bunga tayyormiz”, - deydi Marshis.

Yangi texnologiyalar “eVscope”ga xona hajmidagi teleskop kuchini beradi. Undan foydalanish ham ancha oson.

Ilova orqali biror nuqtani tanlasangiz, “eVscope” yulduzlar xaritasidan foydalanib u nimaligini aniqlaydi. Sensorlar ekspozitsiyalarni birlashtirib, xira yulduzlarni tiniqlashtirib beradi.

Foydalanuvchilar ko’rganlarini tahlil qilish uchun tadqiqotchilarga uzatishi ham mumkin.

“Osmonda qiziq bir narsa bo’lsa – kometa yoki supernova - foydalanuvchilarga xabar bera olamiz. Barchaning kuzatuvlarini birlashtirib, eng yaxshi tasvirni qo’lga kirita olamiz”, - deydi Marshis.

Algoritm kutilmagan hodisalarni, masalan, biz tomon uchib kelayotgan asteroidni qidiradi.

“Biz bilan aloqa o’rnatishga harakat qilayotgan sivilizatsiyalarni ham topish imkoniyati bor”, - deydi Marshis.

Fazoviy kashfiyotlarning yangi davrida havaskor olimlar katta rol o’ynashi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG