Breaking News

Kongressda pandemiyadan zarar ko'rgan aholiga yangi yordam paketi ko'rib chiqiladi


AQShning ayrim shtatlarida koronavirus yuqtirish holatlari ko’paymoqda. Senatdagi respublikachi qonunchilar shu hafta yangi yordam paketi bo’yicha qonun loyihasini taqdim etishi kutilmoqda.

Xalqaro hayot – 27-iyul, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:11 0:00

“Testlar ko’payayotgani sabab kasallanganlar ham ko’proq aniqlanmoqda. O’lim hollarini kamaytirish uchun qariyalar uylari, turli dard bilan uzoq muddatdan beri davolanayotganlarga e’tiborni kuchaytirish kerak”, - deydi Oq uy ma’muriyati rahbari Mark Medous.

Sog’liqni saqlash mutasaddilariga ko’ra, virus yuqtirish holatlariga boshqa omillar ham sabab bo’lmoqda. Ko’p shtatlardagi rasmiylar federal hukumat choralarini tanqid qilmoqda.

“Bu borada birorta milliy strategiyani, sog’liqni saqlash tizimiga sarmoyalarni ko’rganimiz yo’q. Eng boshida buni uydirma deb atashgan. Milliy inqiroz va amerikaliklarni himoya qilishga nisbatan bu qadar layoqatsizlikni endi ko’rishim”, - deydi Nyu-Meksiko gubernatori Luxan Grishem.

Virus yuqtirish holatlari keskin ko’paygan bir paytda ayrim shtatlar hayotni normal holatga qaytarish rejasidan voz kechmoqda. Aholining koronavirus sabab ishdan ayrilgan salkam 11 foizi iqtisodiy mavhumlikdan, yangi moliyaviy yordam paketi o’z vaqtida qabul qilinmasligidan xavotirda.

Respublikachilar shu hafta Senatda yangi qonun loyihasini taklif etmoqchi, biroq demokratlar bilan muzokaralar oson kechmasligi aytiladi.

“Ish yo’qotishdan oldin maosh qancha bo’lgan bo’lsa, ishsizlik bo’yicha yangi sug’urta shuning 70 foizini qoplab beradi”, - deydi Oq uy rasmiysi.

Ishsizlik bo’yicha har hafta to’lanayotgan 600 dollarlik nafaqa hafta oxirida tugaydi. Respublikachilarning taklifi o’tsa, nafaqa miqdori kamayishi kutilmoqda. Demokratlar ishsizlik bo’yicha haftalik nafaqani 600 dollarda ushlab turish rejasida qat’iy.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG