Breaking News

Nyu-Yorkda portlash: 27 yoshli bangladeshlik gumon qilinmoqda


Akayed Ulla ko'tarib ketayotgan sumkada bomba bo'lgan va erta portlagan, deydi politsiya
Akayed Ulla ko'tarib ketayotgan sumkada bomba bo'lgan va erta portlagan, deydi politsiya

Nyu-York politsiyasining bildirishicha, bugun shaharning Manxetten rayonida joylashgan avtobus shohbekati yonida portlash ro'y bergan. Bir odam qo'lga olingan. Nyu-York metrosining yaqin atrofdagi uch bekatidan yo'lovchilar evakuatsiya qilingan.

Qo'lbola portlovchi moslama harakatga kelgan. Uch kishi jarohatlangan. Qo'lga olingan odam - Bruklin rayonida yashovchi 27 yashar bangladeshlik Akayed Ulla ekani ma'lum. Uning yonidan simlar, 10 santimerlik trubali bomba va batareyalar chiqqan.

Politsiyaga ko'ra, portlovchi modda uning uyida bir hafta oldin ishlangan. Ulla "Islomiy davlat" targ'ibotidan ilhomlangan, deydi tergovchilar. Lekin ayblanuvchi yakka holda harakat qilgani aytiladi. Yigit oldin taksi haydagan.

Portlash yuz bergan avtobus shohbekati va metro sayyohlarning sevimli joyi - Tayms Skver xiyoboniga yaqin.

Prezident Donald Tramp voqeadan xabardor qilingan. Nyu-York shtati gubernatori va Nyu-York shahri meri ham vaziyatni o'rganmoqda.

Nyu-York meri Bill de Blazio voqeani terror xuruji deya baholashga shoshmay, tergov xulosalarini kutishga undamoqda.

Shaharda hammasi joyida, xavfsizlik choralari kuchaytirilgan, hech kim kundalik hayotidan to'xtamasin, deydi mer.

Mobil-salom: Nyu-Yorkda portlash
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:32 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG