Breaking News

Nyu-Yorkda cheklovlar yumshatilib, hayot jonlanmoqda


Pandemiyadan oldin Nyu-York shahrida hayot kunu-tun qaynar edi. Ammo 14 oy oldin koronavirus bilan boq’liq cheklovlar joriy etilishi bilan azim shaharda hayot to’xtab qolganday bo’ldi. Ko’plar uni tark etdi. Amerika aholisining yarmi koronavirusdan emlanib bo’lingan bir paytda cheklovlar asta-sekin yumshatilmoqda, Nyu-Yorkda tungi hayot yana jonlanmoqda.

Nyu-Yorkda cheklovlar yumshatilib, hayot jonlanmoqda
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:05 0:00

Bir yil 2 oy deganda Nyu-Yorkda restoran va barlar ochilib, koronavirusdan emlangan xo’randalar niqob taqish majburiyatidan ozod etildi.

“Pandemiyadan ancha zarar ko’rdik. Hammani yana ko’chada ko’rish zavq bag’ishlaydi. Odamlar xursand, vaqtini chog’ o’tkazyapti”, - deydi restoran mijozlaridan biri Kristina Albert.

Nyu-York restoranlari endi ichkarida hech qanday cheklovsiz xizmat ko’rsatishi mumkin. Shahar metrosida surunkali qatnov tiklandi.

Kristina Nyu-Yorkka bir yil oldin ko’chib kelganida o’zgacha manzaraga guvoh bo’lgan edi.

“Arvoh shahar edi. Nyu-Yorkda va ayniqsa, tijoriy markazida hayot jonlanganini ko’rib xursandman”, - deydi u.

Yana bir xo’randa, o’qituvchi Daniel Ersiya shaharni tark etgan odamlarni koyidi.

“Nyu-Yorkdan qochganlarning hammasi galvars. Biz qayta oyoqqa turdik”, - deydi u.

Nyu-York shahrida yashovchi aholining 3,4 milliondan ko’pi, ya’ni 41 foizi koronavirusdan to’liq emlangan.

“Niqoblarni kerak bo’lganda taqyapmiz, xolos. Shunisi bilan zo’rda Nyu-York. Vaqtichog’likni kanda qilganimiz yo’q, bir-birimizga g’amxo’rlik qilishni ham unutmayapmiz”, - deydi muallim.

“Ahvol normallashib boryapti. Bundan xursandmiz. Yolg’izlikda o’tirib, xuddi xona oila a’zolariga to’lganday his qilyapman”, - deydi sport bari egasi Janilda Rosario.

“An’ana” deb nomlanuvchi filippincha taomlar oshxonasi oshpazi va sohibi Anton Derit ham hamma kabi bundan xursand.

“Lokdaundan oldin 2020-yilda ochilgan edik, ammo keyin eshiklarimizni yopishga majbur bo’ldik”, - deydi u.

Odamlar soatlab navbatda kutishga majbur bo’ldi.

“Stollarimiz band, tashqarida yana anchasi kutib turibdi. Ko’cha odamlar bilan gavjum. Nyu-York joniga oro kiryapti”, - deydi Derit.

“Men ham, barimiz ham, hamma xodimlarimiz ham hayot jonlanayatoganidan xursandmiz”, - deydi bar boshqaruvchisi.

Jaret Meyja pandemiya kunlarida stol-stullarni, jonli musiqa uchun sahnani ko’chaga chiqarishga majbur bo’ldi, ammo endi hammasi eski kunlardagidek.

“Guantanamera” kubacha taomlar restorani sohibi Mario Zarate xo’randalarni qarshilashga ulgurmayapti.

“Nyu-York eski holatiga qaytadi deb o’ylamagandim. Ammo jonlandi, bundan-da yaxshiroq bo’ladi”, - deydi u.

14 oylik cheklovlardan so’ng hayot Nyu-Yorkda yana qaynamoqda. Nafaqat kunduzi, balki tunda ham.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG