Nyu-York esa AQShda virus o’chog’i bo’lib, ko’ngilli mototsiklchilar tibbiy xizmatchilarga zarur anjomlarni yetkazishda xizmat qilmoqda. Nyu-Yorkning odatda tirband ko’chalari shu kunlarda huvillagan, aksariyat nyu-yorkliklar uyda o’tiribdi.
Haydovchilar tanqis bir paytda yuzlab ko’ngilli kuryerlar tibbiyot xodimlariga niqoblar, xalatlar va boshqa himoya vositalarini yetkazmoqda.
Bu ishni tashkil qilgan “Shifokorlar uchun niqoblar” tashkiloti shaxsiy himoya anjomlarini sotib olib, bu narsalarga ehtiyoji bor shifokorlarga bepul tarqatmoqda.
Tibbiy xizmatchilar tashkilot saytiga kirib, kamchiliklarini bildirib, yordam so’rashi mumkin.
So’nggi 4 haftada tashkilot ko’ngillilari AQSh bo’ylab 100 mingdan ortiq niqoblar, o’n minglab yuz qalqonlarini xayriya qilgan. Aksariyati mototsikllarda yetkazilmoqda.
“Koronavirus paytida inson o’zini baxtiyor his qilishi qiyin, ammo boshqalarga mana shu yo’l bilan yordam berish menga baxt baxsh qiladi”, - deydi Melani Milani ismli ko’ngillilardan biri.
Facebook Forum