Nigeriyaning Maiduguri shahri tevaragida erkak kiyimini kiygan ikki ayol o’zini masjidda portlatib, kamida 22 odamning o’limiga sabab bo’ldi, 17 kishi jarohat olgan.
Guvohlarga ko’ra, ayollardan biri masjidga birinchi bo’lib kirib, o’zini portlatgan. So’ng voqea sodir bo’lgan joyga odamlar to’planib kela boshlagach, masjid tashqarisida turgan ikkinchi ayol portlovchi moddani harakatga keltirgan.
Maiduguri “Boko Haram” jangari guruhi ildiz otgan joy hisoblanadi. Hukumat Nigeriya shimolida islomiy davlat barpo etishga harakat qilayotgan guruh bilan bir necha yildan beri olishib keladi.
“Boko Haram” Nigeriya hamda qo’shni Niger, Chad va Kamerunda ham xurujlar uyushtirgan.