Breaking News

Amerika o’g’irlangan qizlarni qidirishda yordam beradi


Ayrim qizlar qochishga ulgurgan.
Ayrim qizlar qochishga ulgurgan.

Nigeriyada o'tgan oy qurolli kishilar o’quvchilarni o’g’irlagan. Ayrim qizlar qochib qolgan, lekin 276 nafaridan hali ham darak yo’q.

Amerika Nigeriyada jangarilar olib qochgan yuzlab o’quvchi qizlarni qidirib topishda yordam beradi.

Qizlar o’tgan oy Boko Haram radikal guruhi tomonidan o’g’irlangan edi.

Vashinton voqeani qo’rqinchli, fojeali, deya ta’riflamoqda.

Amerika xavfsizlik kuchlari ogoh turibdi, deydi matbuot kotibi Jey Karni.

Aksil-terror amaliyot doirasida Amerika Nigeriyaga ma’lumot almashish, tergov o’tkazish kabilarda madad beradi.

Bundan tashqari, bu davlat adliya, ichki ishlar tizimini isloh qilib, javobgarlar jazolanishini ta’minlashda yordam uzatatiladi, deydi Oq uy so’zlovchisi.

Qurolli kishilar Borno shtatida 14-aprel kuni o’quvchilarni o’g’irlagan.

Hukumatning aytishicha, ayrim qizlar qochib qolgan, lekin 276 nafaridan hali ham darak yo’q.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG