Breaking News

Amerikada 11-sentabr xurujlarining qurbonlari xotirlandi


AQSh Prezidenti Barak Obama va rafiqasi Mishel 11-sentabr voqealarining 13-yilligi munosabati bilan Oq uyda o'tkazilgan tadbirda qatnashmoqda, 11-sentabr, 2014-yil
AQSh Prezidenti Barak Obama va rafiqasi Mishel 11-sentabr voqealarining 13-yilligi munosabati bilan Oq uyda o'tkazilgan tadbirda qatnashmoqda, 11-sentabr, 2014-yil

Bugun AQShda 2001-yil 11-sentabr xurujlarining 13 yilligi xotirlanmoqda. Prezident Barak Obama ikki xotira marosimida qatnashdi.

Birinchisi, Oq uyda bo’lib o’tdi, so’ng prezident va uning rafiqasi Pentagonda bo’lib, Mudofaa vazirligi binosiga qarshi hujumda qurbon bo’lganlarni xotirladi.

Asosiy tadbir Nyu-Yorkda bo’lib o’tyapti. Osmono’par egizak binolarning qulashi oqibatida salkam uch ming odam nobud bo’lgan.

Marosimda xurujda jon bergan har bir odamning ismi o’qib eshittirilmoqda.

Pensilvaniya shtatining Shenksvil shahrida ham tadbir o’tkaziladi. Samolyotlardan biri shu shahar uzra uchayotib, qulagan edi.

11-sentabr xurujlarini 2002-yilda tergov qilgan komissiya hujjatning 28 sahifasini sir saqlamoqda.

Respublikachi kongressmen Uolter Jouns va demokrat Stiven Linch hukumatdan bu sahifalarni oshkor etishga da’vat etib, boshqa qonunchilardan bu tashabbusni qo’llab-quvvatlashni so’ramoqda.

Xabarlarga ko’ra, ushbu sahifalarda xurujlarni moliyaganlik va rejalaganlikda qo’li bor ayrim davlatlar va shaxslarning ismlari keltiriladi.

Qurbonlar oilalari ham hukumatdan tergov xulosalarini to’liq oshkor etishni so’ramoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG