Breaking News

19 yoshli mer shahrini qayta oyoqqa turg'izmoqchi


19 yoshli mer
Iltimos, kuting...
Embed

No media source currently available

0:00 0:03:26 0:00

Merilend shtatining Indian Xed nomli kichik bir shaharchasini 19 yoshli yigit boshqaradi. Brendon Polin ismli bu amerikalik merlik lavozimini 69 yoshli tajribali siyosatchidan tortib oldi. Shaharchada to’rt ming odam yashaydi. Yosh merning maqsadi mahalliy biznesni rivojlantirish.

Amerika: 19 yoshli mer shaharchasini qayta oyoqqa turg'izmoqchi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:26 0:00

Brendon Polin hozir vaqtini odamlar bilan uchrashib, xonadonma-xonadon yurib o’tkazmoqda. Biznes rejalarini aholiga tushuntirib, ularning fikrini o’rganayapti. Indian Xed shaharchasiga poytaxt Vashingtondan bir soatli yo’l. Potomak va Anakostiya daryolari orasida joylashgan go’shada ish yo’q.

Supermarketlar va yirik kompaniyalar mahalliy biznesni o’ldirgan, deydi Polin. Eskicha tirikchilik usullarini targ’ib qilmoqda u.

Hunarmandchilik, san’at, turizm, istirohat bog’lari barpo etish, mehmonxonalar, kichik kafe va restoranlar. Qishloqcha uslubda.

“Bunga erishish mumkin, albatta. Yillar oldin shaharchamiz farovon va to’q edi. Lekin u paytdagi bizneslar hozir yo’q. Nega? Men shu sohada o’ylanib, odamlarning tirikchiligini osonlashtiradigan rejalar tuzayapman”.

Brendon Polin mulkdorlarning ketiga tushgan. Ko’plab binolar bo’sh, egalari shaharda yashamaydi va shu bois ham soliq to’lamaydi. Shaharchada ishlatilmaydigan imorat bo’lmasligi kerak, deydi mer. Mulk bekor yotmasin, qo’llanilsin, deydi u.

“Bo’sh yotgan imoratning egasidan jarima talab qilamiz.To’lashni xohlamasa, ijaraga bersin va mahalliy bizneslar uchun imkoniyat yaratsin. Binolar kerak bizga”.

Tadbirkor Kelli Merfi yosh merning bu gaplaridan xursand. To’g’ri siyosat, deydi u.

“Yosh, lekin nima qilayotganini biladi. G’ayrati odamlarga g’ayrat baxsh etadi. Hamma umidga to’la hozir. Bu shahar qayta oyoqqa turishi uchun shunday odam kerak edi”.

Merning onasi Vendi Polin o’g’lini qat’iy va halol deya maqtaydi. Jasur va mehnatkash, deydi u.

“Muammodan qochmaydi, aksincha, uni hal etishga harakat qiladi. Rahbar shunday bo’lishi kerak. Tirishqoq",- deydi ona.

Brendon Polin 10 yoshligida shaharchadagi yo’lkalarni yangilashni talab qilib chiqqan va talabi qondirilgan.

“Bolaligimdan tushunganman siyosat qachon samara berishini. Hokimiyatdagi yig’inlarda qatnashardim. Mer bo’lishni istadim”.

Brendon Polin bu lavozimda yiliga olti ming dollar topadi. Onasi bilan yashaydi. Kollej talabasi. Idorasida tarixiy siyosiy esselarni ko’rasiz. Siyosatchi xalq xizmatidagi odam bo’lishi kerak, demak, fuqaro saylagan vakil. Buyuk mas’uliyat bu, deydi yigit. To’rt ming aholining tinchligi va farovonligi uning zimmasida.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG