Breaking News

"Nissan" konserni "Ariya" elektrokarini taqdim etdi


Yaponiyaning “Nissan” avtomobilsozlik kompaniyasi so’nggi besh yilda ilk bor yangi modelini taqdim etdi. Texnik xususiyatlari bo’yicha AQShning “Tesla” elektrokariga tenglashtirilayotgan “Ariya” krossoveri “Nissan” konsernining nufuzi va daromadini ko’tarishiga umid qilinyapti.

Konsern rahbari Karlos Gon 2018-yilda iqtisodiy jinoyatlarda ayblanib lavozimidan olinishi ketidan kompaniya daromadi tushib ketdi. Garov puli hisobiga sudgacha panjaradan ozod etilgan Gon o’tgan yil oxirida Yaponiyadan Livanga qochib ketadi.

“Ariya” modelini kompaniyaning yangi prezidenti Makoto Utida onlayn shaklda taqdim etdi.

Yangi avtomobil avtonom boshqaruv tizimi bilan jihozlangan bo’lib, to’liq zaryadli batareyasi bilan 500 kilometrgacha yura oladi, soatiga 200 kilometrgacha maksimal tezlikka ega, soatiga 100 kilometr tezlikka 5,6 soniyada chiqa oladi, elektrokarga kompaniyaning yangi ko’rinishdagi belgisi o’rnatilgan.

“Ariya” 2021-yil o’rtalarida savdoga chiqariladi – avval Yaponiyada, so’ng AQSh va Kanadada, undan keyin esa Yevropa Ittifoqi va Xitoyda. Avtomobilning boshlanish narxi 40 ming dollar atrofida baholanmoqda. Birinchi yili 30 ming dona elektrokar ishlab chiqarish rejalangan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG