Breaking News

Amerikalik qo'shiqchi adabiyot bo'yicha Nobel mukofotini oldi


Qo'shiqchi Bob Dilan
Qo'shiqchi Bob Dilan

Amerikaning afsonaviy musiqachisi Bob Dilan adabiyot bo'yicha Nobel mukofotining 2016-yilgi sovrindori bo'ldi.

Mukofot g'olibini e'lon qiluvchi akademiyaga ko'ra, Dilan buyuk Amerika qo'shiqchilik an'anasi doirasida yangi poetik ifodalar yaratgan.

Shvetsiya poytaxti Stokgolmda yig'ilgan odamlar bu qarorni olqishlar bilan kutib oldi.

Dilan 1992-yil shu sovrinni qo'lga kiritgan Toni Morrisondan keyin adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlangan birinchi amerikalikdir.

75 yoshli qo'shiqchi va qo'shiq yozuvchisi musiqa olamidagi karyerasini 1959-yil Minnesota shtatidagi qahvaxonalarda qo'shiq kuylashdan boshlagan.

Dilan 1941-yil 24-may kuni Minnisota shtatining Dulut shahrida yahudiy oilasida tug'ilgan. Gitara, pianino va garmonika chalishni o'zi o'rgangan.

Uning mashhur qo'shiqlari 1960-yillarda yaratilgan. "Shamoldagi zarba" qo'shig'i Vyetnam urushiga qarshi harakat madhiyasiga aylangan. Musiqa va Amerika madaniyatiga qo'shgan hissasi uchun 2008-yil Pulitser mukofotiga ham sazovor bo'lgan.

Dilan Nobel laureati sifatida oltin medal, maxsus sertifikat va 960 ming dollar pul mukofoti oladi. Mukofotni rasmiy topshirish marosimi 10-dekabr kuni Stokgolm shahrida bo'lib o'tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG