Breaking News

AQSh bombardimonchi samolyoti Koreya yarimoroli uzra mashq o’tkazdi


AQSh rasmiylarining aytishicha, yadro bombasini tashuvchi samolyot mo’ljalni bexato ura oladi.
AQSh rasmiylarining aytishicha, yadro bombasini tashuvchi samolyot mo’ljalni bexato ura oladi.
Qo’shma Shtatlarga qarashli B-52 rusumli bombardimonchi samolyot Koreya yarimoroli uzra parvoz mashqini amalga oshirgan. AQSh rasmiylarining aytishicha, yadro bombasini tashuvchi samolyot mo’ljalni bexato ura oladi.

Amerika va Janubiy Koreya harbiy kuchlari jangovar shay holatda va har qanday agressiyani qaytara oladi, deyiladi ikki davlat tarqatgan bayonotda.

Ittifoqchilar shu tariqa Shimoliy Koreyaning yadro urushini boshlash haqidagi tahdidlariga javob qaytarmoqda.

Pxenyan o’tgan yilning dekabri va joriy yilning yavarida raketa va yadro bombasini muvaffaqiyatli sinovdan o’tkazgan edi.

Ketidan BMT Xavfsizlik Kengashi kommunistik davlatni yangi sanksiyalar bilan jazoladi. Bunga javoban Shimoliy Koreya AQShni nishonga olishini, Koreya urushini tugatgan bitimdan chiqishini aytib po’pisa qilgan.

Pxenyan, shuningdek, Amerikaning bombardimonchi samolyoti parvozini tanqid qilib, vaziyat urush yoqasida, deya ogohlantirgan.

Tahlilchilar nazarida AQSh va Janubiy Koreyaning harbiy mashqlari mintaqa barqarorligini tahdid ostiga qo’ymoqda va Pxenyan omon qolish uchun ommaviy qirg’in qurolini yaratish dasturiga mahkam yopishishi aniq.

Qo’shma Shtatlar va Janubiy Koreya mashqlari 1-martda boshlangan va aprel oxirigacha davom etadi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG