Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaga qarshi urush e’lon qilganiga qaramay Seul ancha xotirjam. Ammo Amerika nazarida Pxenyan jiddiy xavf solmoqda.
Janubiy Koreya Mudofaa vazirligi Shimoliy Koreyani toqat qilib bo’lmaydigan tahdidlar qilishni to’xtatishga chaqirmoqda.
Qo’shinlar har qanday hujumga javob berishga tayyor, agar Shimol provokatsiyaga berilsa, jazosini oladi, deyiladi bugungi bayonotda.
Ikki Koreyani birlashtirish bo’yicha vazirlikning bildirishicha esa Pxenyanning ogohlantirishlari yangilik emas va jiddiy yondashuvga arzimaydi.
Vashington vaziyatni xavotir bilan kuzatmoqda. Janubiy Koreya yaqin ittifoqchi va AQSh madadga shay, deydi siyosatdonlar.
Shimoliy Koreya markaziy telekanalining sakkiz minutlik maxsus ko’rsatuvida “bugun mamlakat bir maqsad ostida birlashgan”, deyiladi.
“Shu ondan binoan Shimol va Janub orasida urush boshlanmoqda va barcha qarorlar shu haqiqatdan kelib chiqqan holda qabul qilinadi”,- deyiladi unda.
Pxenyanning ogohlantirishi shuki, Amerika yoki Janubiy Koreya Sariq dengizdagi besh orol va ikki davlat orasidagi chegara yuzasidan biror qadam tashlasa, yadroviy urush avj oladi.
Tahlilchilarning aytishicha, Shimoliy Koreya 1953-yildan beri bunday ogohlantirish bilan chiqmagan.
1983 va 1993-yillarda ham ikki Koreya urush haqida gap ochgan, ammo bu qadar jiddiylik kuzatilmagan, deydi eksperlar.
Janub rasmiylari fikricha Pxenyan nima istayotganini o’zi bilmaydi. Yosh bolaga o’xshab nimaga qodirligini ko’z-ko’z qilib, maqtanib qo’ymoqchi xolos, deydi ular.
Koreya bo’yicha taniqli mutaxassis Daniel Pinkston fikricha, Pxenyan bugun har qachongidan ham o’jar va cho’rtkesar.
“Yarim asrdan oshibdiki, urush xavfi mavjud. Dushmanlik bugun ancha yuqori darajaga ko’tarilgan. Shimoliy Koreya yaqin orada o’zini bosib oladi deyish qiyin."
Chunki, deydi ekspert, mamlakat yakkalanib qolgan, bag’oyat qashshoq va bor pulini harbiy salohiyatini oshirishga sarflamoqda.
"Shimoliy Koreya aholisi har tomonlama qiynalayotgan bir paytda Kim Chen Un qanday lider ekanini ham o’z xalqi, ham tashqi dunyoga ko’rsatib qo’ymoqchi. Janubiy Koreya va G’arb bizga ko’proq diqqat qaratsin va biz bilan gaplashsin degan umidda shunday ogohlantirishlar bilan chiqmoqda”,- deya mulohaza yuritadi Daniel Pinkston.
30 yoshli Kim Chen Un otasi Kim Chen Ir 2011-yilning oxirida vafot etgach hokimiyatga kelgan. Kechagi chiqishida u azaliy dushman “Amerika bilan hisoblashish vaqti keldi”,- dedi.
Amerika esa Janubiy Koreyaga ikki quruvchi samolyot yuborgan. Bu bilan Vashington, urush chiqqan taqdirda, o’z kuchlarini safarbar etishga hozir ekanini namoyon qilmoqda.