Breaking News

Shimoliy Koreyaning yangi raketasi AQShga tahdidmi?


Ayrim tahlilchilar nazarida, Shimoliy Koreya yaqinda tungi harbiy paradda ko’rsatgan qit’alararo ballistik raketa AQSh mudofaa tizimini yorib o’tish salohiyatiga ega bo’lishi mumkin.

Xalqaro hayot – 23-oktabr, 2020-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:07:44 0:00

Mutaxassislarga ko’ra, bitta shunday raketaga bir nechta yadro kallakchalarini o’rnatsa bo’ladi.

“Ochiq yadro tarmog’i” tashkiloti direktori o’rinbosari Melissa Xanxemning aytishicha, AQSh mudofaa tizimi ko’p sonli kallakchalarga bas kelolmasligi mumkin.

“Bir raketadan bir nechta kallakcha ajralsa, har birini urib tushirish uchun alohida raketa kerak bo’ladi”, - deydi u.

Agar Qo’shma Shtatlar mudofaa sistemasidagi tutuvchi raketalari sonini ko’paytirishga ehtiyoj sezsa, bu unga ancha qimmatga, hatto Shimoliy Koreyaning qo’shimcha raketalarni qurishiga qaraganda ancha qimmatroqqa tushadi.

“Mudofaa tizimi murakkab bo’lib, uni yaratish serxarajat loyihadir. Tizim kelayotgan raketalarni aniqlovchi sensorlardan, har bitta kelayotgan raketani urib tushirish uchun bir necha tutuvchi raketalardan iborat. Hujumkor raketani qurish ham arzon, ham osondir”, - deydi mutaxassis.

Shimoliy Koreyaning qit’alararo ballistik raketalari o’ziga yarasha muammolarga ega. Raketalarni tashuvchi moslama 22 g’ildirakli bo’lib, yetarlicha harakatchan emas. Sistemani o’rnatish, yoqilg’i quyish uzoq vaqt talab qiladi.

Tahlilchi Bryus Klingner yangi raketa hali sinovdan o’tmaganini aytsa-da, vaziyat tez orada o’zgarishiga shubha qilmaydi.

“Kelasi yili raketa sinaladi degan fikrdaman. Shimoliy Koreya odatda AQSh yoki Janubiy Koreyada yangi rahbariyatning ilk yilida provokatsion harakatlarga qo’l uradi. AQShda kim prezidentlikka saylanishidan qat’i nazar, yangi raketa sinaladi deb o’ylayman”, - deydi Vashingtondagi “Xeritij jamg’armasi” tahlil markazi eksperti.

Shimoliy Koreya rahbari asosiy sinovni AQSh saylovlaridan oldin o’tkazmasligi mumkin. Biroq yil boshida Kim Chen Un yadroviy va uzoq masofali raketalar sinovlariga o’zi joriy etgan moratoriyga ortiq amal qilishga majbur emasligini aytgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG