Breaking News

Yadro sinovini o'tkazgan Shimoliy Koreyaga yangi sanksiyalar qo'yiladi


Shimoliy Koreya, dunyodagi eng yopiq davlatlardan biri, vodorod bombasini sinovdan o'tkazganini da'vo qilmoqda.

Davlat televideniyesi sinov muvaffaqiyatli o'tganini e'lon qildi.

"Shimoliy Koreya uchun bu mudofaa bilan bog'liq masala. Bizga qarshi agressiv kuchlar hujum uyushtirmasa, bombani boshqa mamlakatlarga qarshi birinchi bo'lib qo'llamaymiz", - deyiladi o'qib eshittirilgan xabarda.

BMT Xavfsizlik Kengashi favqulodda majlis o'tkazib, sinovni keskin qoraladi va Shimoliy Koreyaga yangi sanksiyalar qo'yishi kutilmoqda.

Pxenyan 2006, 2009 va 2013-yillarda yadroviy sinovlar o'tkazgan hududda kuni-kecha 5,1 balga teng zilzila qayd etilgan. E'londan so'ng Janubiy Koreya va Yaponiya xavfsizlik kengashlari ham favqulodda majlislar o'tkazdi.

Janubiy Koreya rahbari Pak Gin Xe qo'shni davlat provokatsiyalariga javob beramiz, deya ta'kidlamoqda.

Yaponiya Bosh vaziri Shinzo Abe ham Pxenyanning yadro sinovlarini o'z davlati uchun tahdid deya qoraladi. Ittifoqchilar bilan birgalikda, BMT Xavfsizlik Kengashi doirasida qo'shimcha choralar ko'ramiz, deydi Abe.

Tanqidlarga AQSh, Xitoy, Britaniya, Rossiya va Fransiya ham qo'shildi.

Shimoliy Koreya bir oy ilgari vodorod bombasi yaratganini ma'lum qilgan. Biroq qo'shni Janubiy Koreya razvedkasi va boshqa ekspertlar bunga ishonmaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG