Breaking News

Seul: Pxenyan yadro salohiyatini oshirmoqda


Janubiy Koreya Mudofaa vazirligining bildirishicha, Shimoliy Koreya ballistik raketaning uchiga o'rnasha oladigan yadro moslamasini yaratishga doir texnologiyani mukammallashtirishning uddasidan chiqqan. Bunday raketalar AQSh hududigacha yetishga qodir.

Vazirlik bayonotida aytilishicha, Pxenyan ishlatilgan yadro yoqilg'isidan 40 kilogram plutoniy olishga muvaffaq bo'ldi. Endi esa uni yuqori boyitilgan uranga aylantirish ishlari avjida.

Ayrim manbalarga ko'ra, Shimoliy Koreya ballistik raketalarini mukammallashtirib, uchish masofasini 7000 kilometrdan 10 ming kilometrgacha oshirishga erishgan. Biroq bunday raketalar hozircha sinovdan o'tmagani aytiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG