Breaking News

AQSh va Shimoliy Koreya o'rtasidagi ziddiyat keskinlashmoqda


Xalqaro hayot - 9-avgust, 2017-yil
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:14 0:00


Pxenyan Tinch okeanidagi AQShga qarashli Guam oroliga hujum qilishi mumkinligi haqida tahdid qilgach, AQSh va Shimoliy Koreya o'rtasidagi ziddiyat yanada keskin tus oldi. Bu orada Prezident Donald Tramp shimoldagi o'lkaning har qanday tahdidi "g'azab va otash" bilan qarshi olinishini aytdi. Tahlilchilarning ogohlantirishicha, agar Vashington Shimoliy Koreyaga hujum qilsa, bu keng qamrovli mojaroga, hatto yadro urushiga yetaklashi ham mumkin.

Agar AQSh ehtiyot chorasi sifatida Shimoliy Koreyaning yadro inshootlariga oldindan zarba bersa, bu orol davlatni katta urushga botinolmay, muzokara boshlashga majbur qilishi mumkin, lekin mamlakatning harbiy salohiyatiga jiddiy zarar yetkaza olmaydi.

"Agar Shimoliy Koreya rahbari sabr qilib, Xitoy va Rossiya orqali AQSh bilan muzokara qilishga urinsa, tirik qolishi mumkin", - deydi tahlilchi Shin In-Kyun.

Ammo Shimolning yadro tahdidini bartaraf qilish maqsadi ortida turgan asl sabab bu davlat rahbariga ishonch yo'qligida, deydi boshqa tahlilchilar.

"Kim Chen Un aqldan ozgan va hujum qilishi mumkin deyish hamda u AQSh hujumidan esini yig'ib olishi mumkin deyish o'rtasida bog'liqlik ko'rmayapman", - deydi Bryus Klingner.

Shimoliy Koreya AQShning har qanday harbiy chorasiga qarshi yadro quroli bilan javob qaytarishi haqida ogohlantirmoqda.

Harbiy tahlilchilar nazarida, AQShning cheklangan harbiy hujumiga Shimoliy Koreya janubdagi qo'shnisiga qarata o'q yomg'iri va kimyoviy qurolni ishga solish bilan javob qaytarishi mumkin. Bu esa mintaqada urush kelib chiqishiga sabab bo'ladi va bu urushga Janubiy Koreyada joylashgan 28 ming AQSh askari ham tortilishi mumkin.

Shimoliy Koreya hujumning ilk soatida 300 ming artilleriya o'qini yog'dirish qudratiga ega. Bu esa Janubiy Koreyaning yarim aholisi, jumladan, poytaxt Seuldagi 10 million odamga to'g'ridan-to'g'ri tahdid soladi.

Agar Shimoliy Koreyaning barcha yadro va raketa inshootlari hujumga tutilsa, mamlakatga armiya kiritish haqida ham o'ylab ko'rishga to'g'ri keladi.

"Shimoliy Koreyaning yadro va raketa saloyihati to'liq yo'q qilinganiga ishonch hosil qilish uchun rejimni ag'darish kerak bo'ladi", - deydi Klingner.

Tahlilchilar ehtimoliy urushda AQShning qo'li baland kelishiga shubha qilmaydi, ammo bu mojaro mintaqani yakson qilib, millionlab odamlar yostig'ini quritishi mumkin.

Xitoy ittifoqdoshi Shimoliy Koreyani himoya qilib jangga qo'shilishi mumkinligi haqida ham xavotirlar bor. Bu esa inqirozni yanada chuqurlashtiradi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG