Breaking News

Shimoliy Koreya tahdidlariga qaramay chegara osoyishta


Ikki mamlakat chegarasi
Ikki mamlakat chegarasi

Shimoliy Koreyaning Janubiy Koreya bilan chegaraga qo’shin tortib, harbiy mashg’ulotlarni boshlash do’q-po’pisalariga qaramay, 18-iyun kuni chegarada vaziyat barqaror bo’lgani xabar qilinmoqda.

Ikki kun oldin Shimoliy Koreya chegaradagi Keson shahrida ikki Koreya o’rtasidagi aloqa markazi joylashgan to’rt qavatli binoni portlatgan. Pxenyan shimoldan janubga qochib o’tgan faollarning havo sharlari yordamida chegaradan o’z yurtiga varaqalar va boshqa tashviqiy materiallar tarqatayotganidan g’azabda.

Janubiy Koreya hukumati shimoliy koreyalik qochoqlarning ikki mamlakat aloqalariga putur yetkazayotgan faoliyatini to’xtatish maqsadida sudga shikoyat qilgan.

Faollar hukumat talabini inkor etgan holda guruch va tibbiy niqoblar solingan yuzlab plastik shishalarni shimolga yuborish uchun tayyorlab qo’ygan.
Tashabbus boshida turgan shimoliy koreyalik qochoq Pak Jun Oning aytishicha, ular shu yo’l bilan yordamga muhtoj vatandoshlariga insonparvarlik yordami yubormoqda.

Rasmiy Pxenyanning da’vo qilishicha, qochoqlarning ushbu harakatlari Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen Un obro’siga putur yetkazmoqda.

Qochoqlar havo sharlarida dengiz uzra oziq-ovqat, 1 dollarlik banknotalar, kichik hajmli radio hamda Janubiy Koreyada ishlangan filmlar va yangiliklar saqlangan USB xotira moslamalarini yubormoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

Facebook Forum

XS
SM
MD
LG