O’zbekistonning Nyu-Yorkdagi Bosh konsulligi xodimlari Amerikadagi o’zbekistonliklar bilan muloqot o’tkazdi. Uchrashuvni tashkillashtirishda “Vatandosh” O’zbek-Amerika jamiyati asosiy hamkor.
Mavzu xorijdagi, xususan, Amerikadagi o’zbekistonliklarni qiziqtirayotgan fuqarolik, pasport va viza masalalariga qaratildi. Davra suhbatini O'zbekistonning BMTdagi elchisi Baxtiyor Ibragimov ochib, uchrashuvdan maqsad va uning ahamiyatiga to'xtaldi.
Muloqotdan so’ng, O'zbekistonning Nyu-Yorkdagi konsuli Qahramon Dalimov "Amerika Ovozi" bilan bilan suhbatlashdi. Uch-to'rt soatcha davom etgan tadbirda aytib ulgurmagan ma’lumotlarga, vatandoshlardan eng ko'p tushadigan savollarga e'tibor qaratdi. Suhbatdan quyidagi savollarga javob olishingiz mumkin:
- O’zbekistonda tug’ilib, chet elda voyaga yetayotgan bolalar O’zbekistonning xorijdagi elchixonalari yoki konsulliklaridan O’zbekiston pasportini olsa bo’ladimi?
- Xorijga vaqtincha chiqish ruxsatnomasi, yoki mahalliy tilda OVIR stikerining muddati o’tgan bo’lsa, buning jarimasi yoki javobgarligi bormi?
- Konsullik bo’limidan tug’ilganlik haqidagi guvohnoma yoki o’lim to’g’risida guvohnoma olish tartibi qanday? O’zbekistonga borib qayta rasmiylashtirish shartmi?
- Xorijdagi nikoh yoki ajrim O’zbekistonda tan olinadimi?
- O’zbekistonga xorijdan yuboriladigan hujjatlar O’zbekistonning diplomatik vakolatxonalarida notarial tasdiqdan o’tishi shartmi? Amerika notarial idoralari tasdiqlagan hujjatlar ham O’zbekistonda haqiqiy hisoblanadimi? Yoki tartib qanday?
O’zbekistonning Nyu-Yorkdagi konsullari va vatandoshlar o'rtasida o'tgan muloqoti to’liq “Amerika Ovozi”ning Feysbukdagi sahifasida jonli uzatilgan.
Facebook Forum