Breaking News

AQSh oliygohlarida qizlarning 20 foizi jinsiy tajovuzga uchragan


Barak Obama xalqqa murojaat qilib, ogohlikka va jinoyatlar vaqtida fosh etilib, javobgar jazolanishini ta'minlashda yordam berishga chaqirmoqda
Barak Obama xalqqa murojaat qilib, ogohlikka va jinoyatlar vaqtida fosh etilib, javobgar jazolanishini ta'minlashda yordam berishga chaqirmoqda
Obama ma’muriyati jinsiy tahqirlash singari jinoyatlarga qarshi keskin choralar ko’rishni buyurdi.
"Amerika Ovozi" xabarlari, 25-yanvar, 2014
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:09:03 0:00
Yuklab oling

Amerika ilm maskanlari, korxonalari, umuman qayerda bo’lmasin xotin-qizlarga nisbatan bunday qabihliklar tezkor va izchil tergov qilinishi, javobgar shaxslar adolat oldida javob berishi kafolatlanishi lozim, deydi prezident Barak Obama bugun xalqqa qilgan haftalik murojaatida.

Oq uy taqdim etgan hisobotda qayd etilishicha, universitetda o’qiyotgan qizlarning 20 foizi, ya’ni har besh nafaridan biri kampusda kamida bir marta tajovuzga uchragan.

“Mamlakatimizda huquq tartibot va adliya tizimiga ishonch katta va bu organlar o’z vazifasini bajarishi shart”,- deydi prezident.

Ammo bunday jinoyatlar har doim ham vaqtida aniqlanmaydi va ko’p hollarda jabrlanuvchi adolat izlamaydi, qo’rqadi.

Huquqi buzilgan, toptalgan har bir fuqaro shikoyat qilishga haqli, deydi prezident.

"Qizlarimizni, ayollarimizni tizimga ishonib, dardini aytishga undaymiz. O’g’lilarimizga xotin-qizlarni hurmat qilishni o’rgatish asosiy burchimiz”,- deydi Obama bugungi murojaatida.

Prezident maxsus guruh tuzib, unga kelasi uch oy ichida har bir oliygoh, kollej va universitetdagi ahvolni o'rganishni, bu muammoga qarshi qanday kurash olib borilayotganini bayon etib, mamlakat miqyosida nima qilish to'g'risida o'z takliflarini kiritishni so'ragan.

Oq uy Xotin-qizlar kengashining ma'lum qilishicha, Amerika oliygohlarida 22 million ayol va 1 million 600 ming erkak jinsiy tahqirlangan. Ulardan 12 foizi adolat izlab borgan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG