Breaking News

Obama kutilmaganda Afg’onistonga bordi


Hozir Afg’onistonda 150 ming kishilik xalqaro koalitsiya jang qilmoqda. Shundan 100 ming nafari amerikalik.
Hozir Afg’onistonda 150 ming kishilik xalqaro koalitsiya jang qilmoqda. Shundan 100 ming nafari amerikalik.

AQSh prezidenti Barak Obama Kobul yaqinidagi Bagrom havo bazasida askarlar bilan uchrashgan.

"Terrorchilar Afg’onistonda erkin yurishni xayoliga keltirmasa ham bo’ladi. U damlar o’tmishda qoldi",- deydi Obama.

“G’alaba bizniki bo’ladi”, - dedi prezident askarlarga xizmati uchun minnatdorchilik bildirar ekan.

“Tolibonni yer tishlatamiz. Bari siz yigit-qizlarning jasorati tufayli amalga oshmoqda”.

Obama kutilmaganda Afg’onistonga bordi
Obama kutilmaganda Afg’onistonga bordi

Obamaning prezident Hamid Karzay bilan uchrashishi rejalangan edi.

Biroq havo buzilib, rahbarlar video-telefonda gaplashib qo’ya qolgan.

Obama prezident sifatida Afg’onistonga ikkinchi bor safar qilishi.

U NATOning Afg’onistondagi qo’mondoni, AQSh generali Deyvid Petreus va elchi Karl Aykenberri hamrohligida bir necha zobitlarga nufuzli mukofot topshirgan.

Yil oxirigacha Oq Uy Afg’oniston bo'yicha amaldagi strategiyani qayta ko'rib chiqib, o'zgarishlar qilishi mumkin.

Hozir Afg’onistonda 150 ming qo'shinlik xalqaro koalitsiya jang qilmoqda. Shundan 100 ming nafari amerikalik.

NATOga a’zo davlatlar o’tgan oy Portugaliyadagi sammitda masalani muhokama qilib, xavfsizlikni kelasi yildan mahalliy armiyaga topshira boshlashga qaror qilgan.

Maqsad, deydi Obama, 2014 yilga borib missiyani butunlay tugatish.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG