Breaking News

Obama Afrika Ittifoqi qarorgohiga tashrif buyuradi


Obamaning Afrika safari
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:07 0:00

Obamaning Afrika safari

Barak Obama prezident sifatida shu oy Efiopiyaga va Afrika Ittifoqi bosh idorasiga tashrif buyuradi. Qit'aning ovozi sifatida tas'ir kuchi tobora oshib borayotgan bu tashkilotga ilk bor AQSh davlat rahbari rasman safar qilmoqda.

Prezident Barak Obama Afrikaga uch marta borgan, ammo Afrika Ittifoqi qarorgohiga hech tashrif buyurmagan edi.

Obama Keniya va Efiopiyaga qilayotgan safari doirasida ittifoq markaziy idorasi joylashgan Addis Abebada bo'ladi.

U har ikki davlat yetakchilari, jumladan, Afrika Ittifoqi rasmiylari bilan uchrashadi.

Terrorizmga qarshi kurash, taraqqiyot va demokratiya masalalari asosiy muhokama mavzusi bo'lishi kutilyapti.

"Juda muhim mavzuga aylanayotgan terrorizmga qarshi kurash hamda Afrikada demokratik kuchlarning almashinuvi muhokama qilinadi. AQSh bu ikki asosiy masala yuzasidan o'z mavqeini yana bir bor eslatishi hamda hokimiyatda qolishga urinayotgan Afrika yetakchilarini ogohlantirishi uchun bir imkoniyat bu", - deydi Xavfsizlik tadqiqotlari instituti tahlilchisi Deyvid Zunmenou.

AQSh va Afrika Ittifoqi har doim ham hamfikr emas. Yaqinda Yoxannesburs shahrida o'tgan sammitda Xalqaro Jinoyat sudi genotsid ayblovi bo'yicha Sudan prezidentini hibsga olishni so'ragan, lekin ittifoq rasmiylari talabni rad qilgan edi. Bu esa AQShni keskin norozi qildi.

Vashington, shuningdek, ayrim Afrika yetakchilarining g'ayriqonuniy yo'llar bilan hokimiyatda qolish muddatlarini uzaytirayotganidan norozi.

"Samarali tashkilot, lekin qiladigan ishlar hali ko'p. Qit'ada hurmat qozongan Afrika Ittifoqining 2063-yilga mo'ljallangan rejasiga qarasak, tashkilot qit'ada yanada kuchayayotganiga guvoh bo'lamiz", - deydi AQSh rasmiysi Linda Tomas-Grinfild.

Tahlilchilarga ko'ra, tashkilot va AQSh bir-biriga muhtoj. Ammo ayrimlar AQShning bunga ko'proq ehtiyoj sezishini aytadi.

"AQSh Afrikada ishlashni, Xitoyga qarshi kelishuvlarga erishishni xohlasa, ittifoq unga, shubhasiz, kerak", - deydi tahlilchi Lou-Vaudran.

Shu bois Obamaning qit'aga tashrifi katta ahamiyatga ega. Obama Afrika bilan mustahkam aloqa o'rnatgan birinchi Amerika prezidenti sifatida tarixga kirishi mumkin.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG