Prezident Obama bugun Oq uyda Britaniya bosh vaziri Deyvid Kameron bilan uchrashdi. Ikki rahbari Suriyadagi ahvol, terrorizmga qarshi kurash va ikki tomonlama savdoni muhokama qildi. Kameron juma kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan Suriya mojarosini tugatish yo’llari xususida gaplashgan.
AQSh va Rossiya Jenevada Suriyaga doir xalqaro anjuman o’tkazmoqchi. Tomonlar Suriya prezidenti Bashar Assad va unga qarshi kurashayotgan isyonchilarni muzokaraga da’vat etish niyatida. Rasmiy Damashq anjumanda ishtirok etish taklifiga hozircha javob bermagan. Muxolifat esa Assad hokimiyatdan ketsin, demoqda.
Obama va Kameron bugungi matbuot anjumanida mo'tadil muxolifatga yordam berishda davom etamiz, dedi.
Ikki rahbar kelasi oy Shimoliy Irlandiyada bo’ladigan Katta Sakkizlik sammitida ko’riladigan masalalar xususida ham gaplashdi.
Britaniya bosh vaziri Federal qidiruv byurosi rahbariyati bilan ham uchrashib, Bostonga bormoqchi. Kameron AQShning o’tgan oy marafon paytida yuz bergan portlashlardan so’ng ko’rgan choralarini o’rganmoqchi. So’ng Kameron Nyu-Yorkka yo’l olib, BMT anjumanida ishtirok etadi.