Amerikada qonunchilar bir oylik yozgi ta’tilga chiqib ketishi oldidan prezident Barak Obama bilan uchrashdi.
Hukumatni moliyalash va qarz olish miqdorini oshirish yuzasidan bahslar kuzda yana avj olishi kutilar ekan, demokrat va respublikachilar o’z pozitsiyalarini hozirdan belgilab olmoqda.
Obama kongressmenlar bilan muloqot mavzusini bir og’iz gap bilan bilan tushuntirdi.
“Ish o’rinlari, iqtisodiy o’sish hamda o’rta qatlam”- deydi u.
Uchrashuvdan keyin demokratlar Obamani o’rta sinf manfaatlari uchun qattiq kurashayotgan rahbar, deb maqtab qo’yishdi. Federal hukumatni qanday moliyalash, xorijdan olinadigan qarz miqdorini oshirish ustida tortishuvlar sentabr oyiga borib alanga olishi turgan gap.
Kongressmen Steni Hoyer so’zlariga ko’ra, prezident respublikachilar bilan murosa qilishga tayyor, lekin Qo’shma Shtatlarning kredit reytingiga ziyon yetishiga aslo yo’l qo’ymaydi.
AQSh mavjud qarzlarini foizi bilan muntazam to’lab borishi uchun har yili xorijdan qo’shimcha qarz oladi. Lekin buning uchun Kongressning ruxsati kerak.
Senatda respublikachilar sardori Mitch Makkonelning ta’kidlashicha, Obama iqtisod mavzusida chiqishlar qilishga usta.
“Lekin Kongress bilan hech til topisha olmaydi, amerikaliklar uchun muhim bo’lgan muammolarni yechib bera olmayapti. Shtatlarni kezgani kezgan”.
Davlat rahbari muxolif partiyaga quyidagi taklif bilan chiqdi:
“Keling, ish uslubini biroz o’zgartiraylik. Har ikki partiyaning jiddiy a’zolari bir narsada hamfikr: mamlakat soliq kodeksini bizneslar uchun soddalashtirish kerak, bu esa ko’proq mehnat o’rinlari yaratishga xizmat qiladi”.
Vakillar palatasi spikeri Jon Beynerga bu tashabbus ma’qul emas.
“Gapning po’skallasini aytganda, prezident kichik bizneslarga katta soliq solmoqchi. Bundan tushgan pulni esa yana qandaydir yordam dasturlariga sarflaydi”, - deydi qonunchi.
Byudjet xarajatlarini kamaytirishni respublikachilar oliy vazifa deb belgilagan. O’tmishda tomonlar buning ustida nizolashib, hukumat ishdan to’xtab qolgan holatlar bo’lgan.
Siyosatshunos Deyvid Xokings fikricha, ushbu holat yana takrorlanishi mumkin. Chunki Vakillar palatasida prezidentning har bir tashabbusiga tish-tirnog’i bilan qarshi chiqadigan respublikachilar ko’p.
“Agar tortishuvlar sabab hukumat ishi to’xtab qolsa yoki AQSh reytingi pasaytirilsa, hukumat izdan chiqqanini bilavering”, - deydi Xokings.