Breaking News

Obamaning Yaqin Sharq siyosati keskin tanqid ostida


Obamaning Yaqin Sharq siyosati keskin tanqid ostida
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:59 0:00

Obamaning Yaqin Sharq siyosati keskin tanqid ostida

"Islomiy davlat", undan keyin Ebola balosi; endi esa Suriyada Putin. Rossiyaning urush domiga botgan Suriyani bombardimon qilayotgani butun dunyo e'tiborini tortgach, ayrim tanqidchilar Obama ma'muriyatini Suriya muammosiga yechim topishda sustkashlik qilganlikda ayblamoqda. Obamaning javobi qanday?

Suriya osmonida Rossiya raketalari uchar ekan, respublikachilar ham Obamaga qarshi hujumni kuchaytirdi.

"Terrorga qarshi urushni to'xtatishga qaratilgan chaqiriqlardan tortib, buning uchun zarur qurollarni yo'q qilish va hisobga tortilmaydigan xalqaro tashkilotlarga ortiqcha ishonishgacha prezidentning tashqi siyosati samarasiz bo'lmoqda", - deydi respublikachi senator Mich Makkonel.

Senatdagi ko'pchilik yetakchisi Makkonelga ko'ra, Rossiya, Xitoy va Eron kabi davlatlar AQShning chekinishidan unumli foydalanib, mintaqada ta'sirini oshirish harakatida.

Ularga javoban Odamaning aytishicha, tanqidchilar murakkab va o'ta qiyin muammoga oson yechim topishga urinmoqda. Iroq va Afg'onistondagi urushlar bizga saboq bo'lsin, deydi u.

"Suriyada harbiy amaliyotlarga kirishish bo'yicha qaror beradigan bo'lsam, boshlagan ishni oxirigacha yetkazish kerak degan qarash asosida hukm chiqaraman", - deydi Obama.

Prezident Obama doim shunday bo'lgan; aql va mantiq bilan, chuqur o'ylab qaror beradi, deydi Jorj Vashington universiteti tahlilchisi Stefan Veyn.

"Lekin ortiqcha ehtiyotkorlik qilib xatoga yo'l qo'yishi mumkin. Tez yurgandan ko'ra, sekin yurgan yaxshi, deb o'ylaydi u", - deydi tadqiqotchi.

Veynga ko'ra, Yaqin Sharqda hozirgi vaziyat Obama prezidentlikni boshlagan paytdagiga qaraganda yomonroq bo'lsa ham, bunda prezidentni ayblash to'g'ri emas.

"Demokratiyada xalqning qo'llab-quvvatlovisiz bir ish qilolmaysiz. Jamoatchilik buni xohlamayapti. U Suriyada kimyoviy qurollar qo'llanishi ortidan urush ochmoqchi bo'ldi. Lekin so'rovlarga qarab, harbiy choraga qarshilik yuqoriligini ko'rdi", - deydi olim.

Jorj Vashington universiteti professori Metyu Dallek Obamani 90-yillarda Kosovodagi mojarolarga tez barham bera olmagan Bil Klintonga qiyoslaydi.

"Havo amaliyotlari muvaffaqiyatli kechgan bo'lsa ham, tanqidchilar uzoq yillar Klintonni sustkashlikda yoki hech narsa qilmaganlikda ayblab kelishdi", - deydi u.

G'arbiy Afrikadagi Ebola epidemiyasi bo'ladimi yoki Yaqin Sharqdagi "Islomiy davlat" jangarilari, prezidentning bunday inqirozlarga qarshi kurash strategiyasi turli omillarga bog'liq, deydi kuzatuvchilar. Masalaning matbuotda qanday yoritilishi, jamoatchilik fikri yoki oliy bosh qo'mondon uchun uning qanchalik ahamiyat kasb etishi ana shunday sabablarning ayrimlari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG