Breaking News

Obama kiber-xavfsizlikni oshirishga qaratilgan choralar taklif etmoqda


Kiber-xavfsizlik - zamon balosi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:04:15 0:00

Kiber-xavfsizlik - zamon balosi

"Islomiy davlat"ga aloqador xakerlar AQSh Qurolli kuchlar Markaziy qo'mondonligining Twitter va YouTube dagi sahifalariga kirib, do’q-po’pisalar yozib qoldirgan. Qo’shma Shtatlar nafaqat xavfsizlik, balki savdo bobida ham kompyuter tizimlari himoyasini kuchaytirmoqchi.

Qo'mondonlik Suriya va Iroqda "Islomiy davlat"ga qarshi harbiy amaliyotlarni muvofiqlashtiradi. Xakerlar uning internetdagi sahifalariga kirib, o’zlarining nomidan “Islomiy davlat”ga xayrixoh video lavhalar, da’vatlar qoldirgan.

Jihodchilar Markaziy qo’mondonlikning Twitter dagi sahifasida amerikalik askarlarga qarshi gaplar yozgan, do’q-po’pisa qilgan, “Kiber-xalifalik kiber-jihodni davom ettiradi” deb yozilgan.

Xakerlarning bu ishi oqibatida maxfiy ma’lumot o’g’irlanmagan, xavfsizlikka tahdid solinmadi, ammo qo’mondonlik izza bo’ldi.

"Biz bu ishni hozir tekshiryapmiz, uni jiddiy qabul qilyapmiz. Biroq bu voqeani yoritmoqchi bo’lgan jurnalistlarga shuni aytmoqchimanki, xakerlar Twitter dagi sahifaga kirgan, xolos, ammo jiddiy ma’lumot o’g’irlanmagan. Shuning farqini bilinglar", - dedi Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest.

Bundan oldin Prezident Barak Obama Amerika iqtisodiyotini himoya qilish uchun kiber-xavfsizlikni kuchaytirishga doir qator takliflar bilan chiqdi.

"Xaridorlar shaxsiy ma’lumotiga doir yangi qonun ishlanmoqda. Xususiy sektor va bu soha bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda hamda ularning tavsiyalari asosida shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilib, sanoat taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan asosiy tamoyillarni yaratdik", - dedi Obama.

So’nggi bir yilda Amerikadagi bir necha yirik tijoriy kompaniya xakerlar hujumiga uchrab, xaridorlarning kredit kartalari o’g’irlandi. Bundan tashqari, Shimoliy Koreya rahbarini mazah qilgan filmni ishlagan “Sony Pictures” kinokompaniyasi ham shu tariqa ma’lumot yo’qotdi.

"Dunyodagi o’ziga xos uzviy bog’liqlik ulkan imkoniyatlar yaratmoqda, ammo shu bilan birga, mamlakatimiz, iqtisodiyotimiz, amerikalik oilalarga ulkan muammolar ham tug'dirmoqda", - dedi davlat rahbari.

Prezident Obama kompaniyalardan shaxsiy ma'lumotlari o'g'irlangan mijozlarni xakerlik hujumi haqida 30 kun ichida ogohlantirishni talab qiluvchi hamda bu ma’lumotlarni xorijga sotishni jinoyatga tenglashtiruvchi yangi qonun qabul qilishni taklif etmoqda. Har bir shtatda bunga doir qonunlar bor, ammo ko’plari mavhum.

Obama xaridorlarga kredit hisobotini ko’rishga ko’proq imkon berishni, ma’rifiy kompyuter programmalarini chiqaruvchi kompaniyalarga talabalar haqidagi ma’lumotlarni uchinchi tomonga sotishni taqiqlovchi qonun qabul qilishga ham davat etmoqda.

"Talabalar haqidagi ma’lumot faqat ma’rifiy maqsadda, farzandlarimizni o’qitish uchun ishlatilishi kerak", - dedi Obama.

Oq uy kiber-xavfsizlikka doir yangi qonunni muhokama uchun Kongressga yanvar oxirida kiritmoqchi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG