Breaking News

Obama Yevropani "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda faolroq bo'lishga undadi


AQSh Prezidenti Barak Obama dunyoning eng katta texnologiya savdo ko'rgazmasida so'zlamoqda, Gannover, Germaniya, 25-aprel, 2016-yil.
AQSh Prezidenti Barak Obama dunyoning eng katta texnologiya savdo ko'rgazmasida so'zlamoqda, Gannover, Germaniya, 25-aprel, 2016-yil.

Germaniyaga safar qilgan AQSh Prezidenti Barak Obamaning aytishicha, "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi kurash uchun Suriyaga yaqin kunlarda qo’shimcha 250 nafar maxsus kuchlar yuboriladi.

Obamaga ko’ra, ayni damda kichik sonli harbiylar Suriyada maxsus amaliyotlar orqali guruhni yengishda muhim yutuqlarga erishmoqda.

"Muvaffaqiyatlarimizni qo’ldan boy bermaslik uchun qo’shimcha askarlar yuboriladi. Ular IShIDga qarshi kurashayotgan mahalliy kuchlarni tayyorgarlikdan o’tkazadi”, - deydi Amerika rahbari.

Obama Yevropadagi ittifoqchi davlatlarni bu borada faolroq bo’lishga chaqirdi.

Unga ko’ra, Qo’shma Shtatlar bu urushni yolg’iz o’zi eplay olmaydi. Yevropa bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilsa, dunyo xavfsizroq, farovonroq va erkinroq bo’ladi, dedi Obama.

"AQSh va dunyoga kuchli, farovon, demokratik va birlashgan Yevropa kerak”, - dedi u.

Obama Gannover shahrida Germaniya, Britaniya, Italiya va Fransiya rahbarlari bilan "Islomiy davlat"ga qarshi kurash, Rossiya siyosati, Yevropadagi qochqinlar muammosi kabi bir qator mavzularda fikr almashdi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG