Ayni paytda ta’tilda bo’lgan prezident Barak Obama bugun xalqqa murojaat qilib, 2014-yildan kuchga kiradigan qonunni yana bir bor tushuntirdi.
Unga binoan Amerikada har bir kishi tibbiy sug’urta sotib olishga majbur bo’ladi.
Bu nafaqat mas’uliyat balki huquq hamdir, deydi prezident. Sug’urta sotib olishga qurbi yetmagan amerikalik davlatdan yordam oladi.
Maqsad – har bir kishi tibbiy xizmatlardan foydalanish kafolatiga ega bo’lsin, hech kim sug’urtasiz qolmasin, deydi Obama.
Sug’urta kompaniyalariga qo’yiladigan shart shuki, ular hech kimni tibbiy tarixiga qarab baholamaydi.
Ya’ni, kasalmand odam sug’urta so’rab murojaat qilganida, yo’q deya olmaydi. Hozirda bu katta muammo.
Sug’urta sotib olish bugunga kelib faqat boylar yoki o’rta sinfga xos imtiyozga aylangan, bu fojia, deydi prezident. Chunki sug’urta nihoyatda qimmat. Oyiga yuzlab dollar.
Respublikachilar bu qonunga tish tirnog’i bilan qarshi. Ular nazarida prezident fuqarolarni majburlash vakolatiga ega emas. Biror mahsulotni sotib olishni talab qilish – uzviy huquqlarni buzishdir, deydi muxolifat.
Oliy Sud bu masalani ko’rib chiqqan va uning qaroricha, hukumat amerikaliklarga tibbiy sug’urta xarid qilish talabini qo’yishi konstitutsiyaga zid emas.