AQShning “Nyu-York Tayms” (The New York Times) gazetasining yoritishicha, prezident Barak Obama endi ishga tushgan damda Eron yadro dasturiga aloqador kompyuter tizimini ishdan chiqarishni buyurgan.
Amerika mukammal maxfiy kiber-qurolni ishga solgan, deb xabar beradi gazeta, anonim manbaga tayangan holda.
Rasmiy Tehron boyitilgan urandan tinch yo’lda, xususan, tibbiy va energetik maqsadlarda foydalanmoqchi ekanini ta’kidlaydi. Lekin G’arb va Isroil Eron yashirincha ommaviy qirg’in quroli yaratmoqda, deya xavotirda.
Xorij davlatlari sanksiyalarni ishga solib, Eronni xalqaro hamjamiyat bilan ishlashga hamda BMT inspektorlariga eshiklarni ochib berishga ko’ndirmoqchi.
Hafta boshida Eron va Yaqin Sharqdagi boshqa davlatlarda “Flame” rusumidagi kompyuter virusi aniqlandi.
Bu kiber-qurol islomiy davlat yadroviy izlanishlarini boshqaruvchi kompyuterni zaiflab, uranni boyituvchi sentrifugalarni ishdan chiqarishga qodir, deydi mutaxassislar.
Boyitilgan uran atom quroli uchun yonilg’i vazifasini o’taydi.