Breaking News

Obama Eron bilan gaplashishga tayyor, lekin shartlari bor


Tehron
Tehron
Prezident Barak Obamaning aytishicha, Qo’shma Shtatlar Eron bilan yadro dasturi bo’yicha yangi muzokara o’tkazishga tayyor, biroq Tehron shuni bilsinki, dedi Obama, uning yadro quroli ustida ishlamayotgani oydin bo’lmaguncha, xalqaro sanksiyalar bekor qilinmaydi.

"Mo’tadil diniy arbob Hasan Ruhoniyning prezidentlikka saylanishi Eron xalqining boshqa yo’ldan bormoqchi va xalqaro hamjamiyat bilan aloqalarni yaxshilamoqchi ekanidan nishona", - dedi Obama.

Ruhoniy kecha o’tkazilgan ilk matbuot anjumanida Eron uning yadro dasturi xalqaro talablarga javob berishini isbotlashga tayyor, dedi.

"Dasturimizni yanada oydinlashtirishga harakat qilamiz. Xalqaro qoidalarga rioya qilayotganimizni ko’rsatamiz. Eron va boshqa davlatlar o’rtasida ishonch rishtalarini kuchaytirib, shu yo’l bilan sanksiyalarga barham beriladi degan umiddamiz", - dedi Eron prezidenti.

AQSh bilan aloqalar haqida so’ralganda, Ruhoniy masalaning murakkab ekanini aytib, eski yaraning bitishi uchun vaqt kerak, dedi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG