Breaking News

Obama: $10.10 - soatiga eng kam ish haqi bo'lsin


Prezident Obama minimal maoshni federal miqyosda soatiga 10 dollar 10 sent etib belgilashga bel bog’lagan va Kongressdan bu boradagi qonunni tasdiqlashni so’rab kelmoqda.

Minimal ish haqi olib yashaydiganlarning yoshi o’rtacha 35 da, deydi prezident, va eng kam maosh taklif qilinadigan joylar asosan og’ir mehnat talab qiladi. Qurilish, xizmat ko’rsatish sohasi, masalan.

Yangi qonun 28 million amerikalik hayotini yaxshilaydi, deydi Obama.

Prezidentning taklifiga qarshi chiqayotgan respublikachilar nazarida esa minimal haq masalasi shtatlarning ishi, qolaversa bizneslarga ham bu borada erkinlik berilgan. Federal hukumat hamma narsani o’z nazoratiga olishga harakat qilmoqda, bu esa kapitalistik tamoyillarga ziddir, deydi konservatorlar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG