Breaking News

Respublikachilar prezidentning ekologik tashabbusini qoralamoqda


Obamaning ekologik siyosatiga munosabat
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:17 0:00

Obamaning ekologik siyosatiga munosabat

Prezident Barak Obama ta’biricha, AQShda zavodlardan chiqadigan zaharli gaz miqdorini 2030-yilgacha 32 foizga kamaytirish mumkin. Iqlimdagi salbiy o’zgarishlarga qarshi kurash yo’lida bu o’ta muhim qadam bo’ladi, deydi Obama. Respublikachilar nazarida esa bu mamlakat ko’mir sanoatiga jiddiy ta’sir qiladi. Muxolifat prezident tashabbusini yo’qqa chiqarishga bel bog’lagan.

AQSh Atrof-muhit himoyasi agentligi rahbari Jina Makkarti deydiki, Qo’shma Shtatlar, global iqlimga ulkan zarar yetkazib tanilgan yirik davlatlardan biri uchun zaharli gaz miqdorini kamaytirish umumbashariy burch.

Prezident Obama ham shuni qayd etib, chora ko’rishdan boshqa yo’l yo’q, deydi. Bu nafaqat kelajak, balki hozirgi hayotimiz uchun ham zarur qadam, deya ta’kidlaydi Obama.

"Iqlim o’zgarmoqda va bu o’zgarishlar bizni kutib o’tirmaydi”.

Senatda esa respublikachilar lideri Mitch Makkonnell prezidentni vahima ko’tarayotganlikda ayblaydi. Sanoatlar kelajagini ham o’ylash kerak, cheklovlar kerak emas, deydi u.

“Masalan, mening shtatim Kentukida, prezident taklif qilayotgan to’siqlar ish o’rinlarini kamaytiradi, zavodlarni yopadi, oilalar va bizneslar uchun elektr toki bahosini oshiradi. Oq uy iqtisodiyotimizga bu qadar zarba berishiga yo’l qo’ymaymiz, qarab o’tirmaymiz”,- deydi Makkonnell.

Makkonnell singari qonunchilar shtat gubernatorlarini prezidentga qarshi chiqishga undamoqda.

“Xalq manfaati, tirikchiligi va jamiyat sihat-salomatligi haqida qayg’ursangiz, atrof-muhit himoyasi yo’lida chora ko’rishga qarshi chiqmaysiz”,- deydi Obama.

Hatto diniy liderlar ham yer yuzi tobora isib borayotganidan xavotirga tushgan, deydi Obama, masalan Rim papasi Fransisk. Prezident va papa fikricha, bugungi va ertangi ekologiya uchun jon kuydirish vijdonan ish tutish demakdir.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG