Breaking News
Din

Prezident Obama: Ramazon oyi qutlug' bo'lsin!


Barak va Mishel Obama
Barak va Mishel Obama
Amerika rahbari Barak Obama dunyo musulmonlarini muqaddas Ramazon oyi boshlanishi bilan tabrikladi:

"Amerika xalqi nomidan, rafiqam Mishel va men Amerika musulmonlari hamda butun islom olamini Ramazon oyi boshlanishi bilan muborakbod etamiz. Musulmonlar uchun bu - ro'za, namoz va poklanish davri. Ramazon, shuningdek, quvonch va shodiyona mavsumi. Oilani qadrlash, do'st-birodar va qo'shnilarni e'zozlash va yo'qsillarga malham bo'lish oyi.

Bu yili Ramazonda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika fuqarolari o'zgacha ruhda. Ular demokratiya va erkinlik, haq-huquq va adolat tomon mardona qadam tashlamoqda. Qo'shma Shtatlar o'z taqdirini o'zi belgilashga harakat qilayotgan bu xalqlarni quvvatlashda davom etadi. Qo'rquv va zulmdan ozod bo'lib, erkin yashab, erkin e'tiqod qilish uchun kurashayotgan insonlar tomonidamiz.

Amerikada Ramazon bizga islom jamiyatimizning ajralmas qismi ekanini eslatadi. Davlat xizmatidan tortib bizneslargacha, sog'liqni saqlash tizimidan tortib san'at va ilm-fangacha, musulmon amerikaliklar davlatimizni mustahkamlash va hayotimizni yaxshilashga ulkan hissa qo'shib kelmoqda.

Ramazon dunyo bo'ylab 1,5 milliard musulmon uchun muqaddas ayyom. Shuningdek, butun jahon ahli uchun, qay dinda bo'lmaylik, umuminsoniy talablar bo'lmish adolat, tenglik va mehr-oqibat haqida eslatuvchi oydir.

Amerika va jahon musulmonlariga eng ezgu tilaklarimizni yo'llaymiz. Oq Uyda iftor qilib, katta dasturxon yozish umididamiz. Ramazon muborak!
"
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG