Breaking News

AQSh Rossiyani uning "qora ishlari" haqida ogohlantirgan


“Shubhasiz, chet davlat bizning saylovlarimizga burun suqadigan bo’lsa, biz javob berishimiz kerak bo’ladi", - dedi prezident Obama
“Shubhasiz, chet davlat bizning saylovlarimizga burun suqadigan bo’lsa, biz javob berishimiz kerak bo’ladi", - dedi prezident Obama

Rossiya yoki biror boshqa davlat Amerikada saylovlar jarayoni yoki natijasiga aralashishga urinsa, Vashington qarshi chora ko’radi. Prezident Barak Obama Oq uyda "NPR" jamoat radiosi bilan suhbatda shunday dedi.

“Shubhasiz, chet davlat bizning saylovlarimizga burun suqadigan bo’lsa, biz javob berishimiz kerak bo’ladi. Shunday qilamiz ham, vaqti-soati kelib. Qanday chora ko’rishimizni o’zimiz hal qilamiz. Ba’zilari shundoq oshkora chora bo’lsa, boshqalari yashirin bo’ladi. Biroq janob Putin mening bu boradagi fikrimni juda yaxshi biladi, buni ochiq-oydin aytganman”, - dedi Obama.

Markaziy razvedka idorasi xulosasiga ko’ra, rossiyalik xakerlar Demokratik partiyaning kompyuterlarini buzib kirib, Xillari Klintonning prezidentlik kampaniyasi haqidagi salbiy elektron maktublarni jamoatchilikka oshkor qilgan. Bu bilan respublikachi Donald Trampning g’alaba qilishiga yordam bergan.

Oq uy rasmiylarining aytishicha, bunday amaliyotdan Prezident Vladimir Putin bexabar bo’lishi mumkin emas yoki unga aralashmagan bo’lishi mumkin emas. Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov mazkur da’volarni “ahmoqona”, deya inkor etmoqda.

Barak Obamaning jamoat radiosiga aytishicha, Amerika razvedkasi vaziyatni o’rganishda davom etmoqda va prezident tugal hisobotni kutayapti. Yakuniy xulosada saylovga aynan kim aralashgani, nima uchun shunday qilgani bayon etiladi, deydi Obama.

Tramp esa “Tvitter” tarmog’ida qilgan chiqishida “agar Rossiya haqiqatdan saylovga aralashgan bo’lsa, Oq uy nima uchun qo’l qovushtirib o’tirdi? Nima uchun Xillari Klinton mag’lub bo’lganidan keyin shikoyat qila boshladi?” deya so’ragan.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest so’zlariga ko’ra, Amerika razvedkasi saylovdan bir oy avval e’lon qilgan hisobotida Rossiya AQShga qarshi kiber hamlalarni amalga oshirayotgani haqida ogohlantirgan. Moskva shu tariqa AQSh demokratiyasiga bo’lgan ishonchni yemirmoqchi, deyilgan bu tahlilda, deydi Ernest.

Obama Rossiyani ogohlantirdi
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:09 0:00

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG