Breaking News

Obama Saudiya Arabistoniga boradi


Qirol Abdulla Riyodda dafn etildi
Qirol Abdulla Riyodda dafn etildi

Saudiya Arabistonining 90 yoshli podshohi Abdulla kecha Riyodda dafn etildi. Undan 22 farzand va 18 milliard dollarlik shaxsiy boylik qoldi. Abdulla anchadan beri kasal edi.

Neftga boy bu davlatda rahbariyat o'zgarishi butun dunyoni sergak torttirgan, biroq siyosiy jihatdan katta yangilik kutilmayapti.

Yangi qirol 80 yoshli Salmon marhum akasining ishlarini davom ettirishini aytmoqda.

Jahon bo'ylab rahbarlar qirollikka hamdardlik bildirmoqda. Amerika prezidenti Barak Obama Riyodga shaxsan tashrif buyurib, yangi hukmdor bilan so'zlashmoqchi. Mintaqa xavfsizligini saqlashda bu davlatning roli beqiyos, deydi u.

Fransiya va Britaniya rahbarlari ham Saudiya Arabistoniga yo'l oladi.

Abdullaning o'limi bu jamiyatda inson huquqlari qanchalik toptalishiga ham e'tiborni oshirdi. Qirollik o'zgarishga majbur, deydi faollar. Yopiq va repressiv tuzum qachongacha islomni bahona qilib shunday yashaydi, deydi "Amerika Ovozi" bilan so'zlashgan arablar.

Suriyadagi mojaro, Falastin-Isroil kelishmovchiligi, Eron, Yaman - butun Yaqin Sharqdagi masalalarni hal etishda Saudiya Arabistoni o'ziga xos ahamiyatga ega, deya eslatmoqda xalqaro diplomatlar.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG