Breaking News

Obama milliy xavfsizlikka oid yangi qonunni imzoladi


Prezident Obama telefon qo'ng'iroqlariga doir ma'lumotlarni ommaviy tarzda to'plashga chek qo'yuvchi qonun loyihasini imzoladi.

Milliy xavfsizlik agentligi terror xurujlarining oldini olish uchun bunday ma'lumotlarni zimdan to'plab kelayotgan edi.

Biroq fuqarolik jamiyati faollari buni shaxsiy hayotga aralashuv deya, qonunga qarshi chiqqan.

Kongressdagi ayrim qonunchilar ham bu chorani tanqid qilib, uning muddati yangilanmadi, qonunga esa tuzatishlar kiritildi.

Obamaning aytishicha, yangi qoidalar fuqarolik erkinliklarini poymol qilmay milliy xavfsizlik bilan shug'ullanishga imkon beradi.

Tuzatishlar shundan iboratki, qo'ng'iroqlarga doir ma'lumotlar telefon kompaniyalarida saqlanadi va tergovchilar ularni faqat sud ruxsati bilan olishi mumkin bo'ladi.

Bu terrorchi deb gumon qilinayotgan yoki terrorchilarga aloqasi borligi taxmin qilinayotgan shaxslarga taalluqli, xolos.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG